Sotsial psixologiya Darslik


 Informasion-psixologik xavfsizlik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

8.2. Informasion-psixologik xavfsizlik 
Informasion tahdid va uning psixologik 
mohiyati ko’plab siyosatchi- 
lar, psixologlar izlanishlarining predmetiga aylanib bormoqda. G.Pochepsovning 
ta’kidlashicha, axborot urushida eng avvalo psixologik qonuniyatlar inobatga 
olinadi. Axborot-psixologik qurol – bu yangi turdagi qurol bo’lib, u ommaviy 
axborot vositalari, kompyuter o’yinlari, Internet tizimi yordamida inson ongi orqali 
uning psixikasiga ta’sir ko’rsatishga mo’ljallangandir. 
“Axborot urushi” tushunchasi nisbatan yangi bo’lib, u o’ziga siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy borliqning turli jabhalarini qamrab oladi. Uning 
asosiy ko’rinishlaridan biri – kompyuter viruslari va yangi texnologiyalarni 
o’g’irlash orqali ziyon yetkazishdir. Axborot urushining oqibatida avvalo tanlab 
olingan auditoriya (ko’pincha bu yoshlar auditoriyasi)ning bilimlari, ta’lim 


110 
tizimiga ta’sir ko’satilib, ularning an’anaviy madaniyatini qo’porib tashlashga 
urinish sodir bo’ladi. Bunday sharoitda odatda “hamma hammaga qarshi” bo’lib, 
mag’lub tomon odatda u yoki bu sohadagi ustuvor maqomini batamom yo’qotadi. 
Bunday qurolni ishlatishni bilgan bir xovuch g’arazli niyatli odamlar katta ijtimoiy 
guruhlarni yoki yaxlit mamlakatlarni o’ziga tobe qilishi, o’z axborot makonida 
saqlashi mumkin. Odatda qaysi mamlakatda axborot resurslari ko’p bo’lib, u 
yuqori texnologiyalar borasida ilgarilab ketgan bo’lsa, aynan shu davlatning 
axborot urushi komida qolish ehtimoli yuqori bo’ladi. Shu sababli ham dastlab 
axborot urushlari haqidagi axborotlar rivojlangan Yaponiya va AQShlarida qayd 
qilina boshlangan. 
Shunday qilib, axborot urushi – bu gumanitar sohada bir ijtimoiy guruhning 
boshqa bir ijtimoiy guruh manfaatlaridan qat’iy nazar uni o’ziga tobe qilish, o’z 
qadriyatlariga ko’ndirishga qaratilgan uzoqni ko’zlagan siyosatidir. Bunda asosiy 
qurol rolini cheksiz ma’lumotlar makonida faoliyat yurgizayotgan elektron OAV 
o’ynaydi.
Axborot urushlari olib borishning uslullari ham turlicha bo’lib, uning 
asosiylari quyidagilardir: 

Axborot xurujlarining eng keng tarqalgan turiga avvalo reklamani kiritish 
mumkin. Chunki yaxshi ishlangan reklama – bu odamlarning ishonch va e’tiqodini 
juda tez o’zgartiradi. Ishonch va e’tiqodning o’zgarishi esa egasini dadil 
harakatlarga chorlaydi. 


Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling