Sotsial psixologiya Darslik
Turli informasion-psixologik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
8.4. Turli informasion-psixologik
vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi Ochiq axborot kommunikasiyasi jarayonida yoshlar ongiga ta’sir etayotgan yot g’oyalarga qarshi himoya vositalarini ishlab chiqishdan avval yoshlarning ijtimoiy xulq-atvorini o’rganish lozim. Ijtimoiy xulqda ko’zga tashlanadigan eng muhim holatlardan biri tashvishlanish, nimalardandir cho’chish va shu tufayli ijtimoiy munosabatlardan o’zini olib qochishga intilish hislarining namoyon bo’lishidir. Chunki agar psixologik himoya holatining mohiyatidan kelib chiqiladigan bo’lsa, bu – shaxs ichki kechinmalarini ifodalovchi shunday holatki, unda odam ichki ruhiy mu’tadillikni asrash uchun o’zidagi xavotirlanish, qo’rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan xalos bo’lishga intiladi. Psixologik himoya – shaxsni turli salbiy ta’sirlardan asrashga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga xizmat qiladi. Shunday holatlarda odam odatda shaxslararo munosabatlarda o’zini boshqacharoq tutadigan bo’lib qoladi. Psixologlar himoya mexanizmlariga odatda quyidagilarni kiritadilar: - ochiq his-kechinmalarni bosish, ko’rsatmaslikka urinish; - rad etish, ya’ni noma’qul ma’lumotni ochiq rad etish, qo’shilmaslik; - proyeksiya – o’zidagi hissiyot va kechinmalarni tashqi obyektlarga ko’chirish orqali paydo bo’lgan holatning sabablarini tashqaridan qidirishga moyillik; - identifikasiya – o’zini axborot egasiga o’xshatish, uning o’rniga o’zini qo’yish orqali qadriyatlarni rad etish yoki tanqidsiz o’zlashtirish; - regressiya – ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo’lib o’tgan qaysidir voqyelarga qaytish, ularning yaxshi va ma’qullarini yana xotirada tiklash va xulqda qaytarish orqali o’zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish; Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling