Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
G’.B.Shoumarov, N.Sog’inov, F.Akramova, N.Salayeva,
M.Salayeva, X.Karimov, M.Rasuleva, O.Musurmonova, D.Xoliqov, G.Yadgarova, G.Xomidova, A.Minavvarov, N.Lutfullayeva, M.Umarova va boshqalar). Oilaga nisbatan ilmiy qiziqishning sabablari, eng avvalo, bu obyektning “naqdligi” bo’lsa, ikkinchidan, keyingi yillarda respublikada ajralishlar sonini kamaytirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar ko’lamining ortib borayotganligi, tug’ilish va nikohlar sonining ortib borayotganligi, notinch va “muammoli” oilalarning mavjudligi, oila institutiga yoshlar munosabatining 127 o’zgarayotganligi va hokazo. Xalqimizda oila muqaddas dargoh hisoblanadi. Umuman olganda, bizning hududimizda ham oila-nikoh munosabatlarida muayyan o’zgarishlar kuzatilmoqdaki, ular bu sohadagi tatbiqiy ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi. Bu boradagi o’zgarishlarga: 1. oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o’zgarib borishi; 2. oilaning kichrayishi va unda tug’ilishning kamayishi, murakkab ko’p avlodli tarkibdan kam avlodli oilalarga aylanayotganligi; 3. oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalari va oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o’zgarib borayotganligi; 4. iqtisodiy masalalarni mustaqil hal etishda oila a’zolari ulushining o’zgarishi va bu holatlarning oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarga ta’siri; 5. ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o’zgarishi va boshqalar. Yuqorida ta’kidlangan sohalar O’zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda ishlanishi zarur muammolar bo’lib, ularning yechimiga ko’ra oilani mustahkamlash, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkakning mehnatga (ijtimoiy foydali mehnatga) munosabati yuzasidan olimlar o’z fikrlarini aytishlari joiz. Ikkinchi tomondan, demokratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida ta’qiqlanib kelingan qadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib kelishi oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir ko’rsatmoqdaki, ko’pchilikda “endi ayol kishi an’anaviy o’z o’rnini egallarmikin?” degan tasavvurlar paydo bo’lmoqda. Ammo hozirgi rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-qizlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham psixologik ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana shunday qarama-qarshiliklarniig, stereotipli bid’atlarning, gender sohasidagi ayrim muammolarning oldini olishga yordam ko’rsatishi mumkin. Shaharlarda va yirik aholi punktlarida “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari” qoshida tashkil etilayotgan “Yosh oila” sho’balari, “Krizis markazlari”, “Oila xizmati”, “Oila Markazlari”, “Salomatlik markazlari” ishlarini takomillashtirish zarurki, ular bir tomondan, oila va nikoh borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq qilib, ularni 128 hayotga tatbiq etsa, ikkinchi tomondan, yoshlarga, hali turmush qurmaganlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmat ko’rsatadi. Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tatbiqiy tarmoq – bu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning o’lkamizda alohida ahamiyatga ega bo’lib, mustaqillik yillarida oila va nikoh yuksak qadriyat sifatida uni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hukumat darajasida ustuvor siyosatga aylantirilgan. O’smirlik va o’spirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, ya’ni shaxslarning bir-birlariga emosional bog’lanishlari – do’stlik, sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlarni yaratish O’rta Osiyo hududida yangi va kelajagi porloq sohadir. Shu ishlarni amalga oshirishda maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy psixologlar hamkorlikda faoliyat ko’rsatsalar xulosalar va natijalarni hayotga tatbiq etsa bo’ladi. Amaliy psixologning bu boradagi asosiy vazifasi shuki, ijtimoiy psixologiyaning faol metodlaridan omilkorona foydalangan holda yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash, oilalarda shaxslararo moslikni shakllantirish, oilaviy ziddiyatlar yechimini topishda odamlarga yordam berish, turli treninglar o’tkazish va ularning samarasi orqali insonlarda ishonch hissini tarkib toptirishdir. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling