Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
9.2. Amaliy ijtimoiy
psixologiyaning tatbiqiy sohalari Tabiiy, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmu-fan yutuqlarining amaliyotga tatbiq etiladigan sohalaridan eng muhimi - bu ishlab chiqarish va sanoat sohasidir. Zero, har qanday ishlab chiqarish muammosining ijtimoiy-psixologik jabhasini aniqlash kun tartibidagi asosiy masalalardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Chunki yangicha bozor munosabatlarini hayotda amalga oshiruvchilar 124 alohida shaxslar bo’lib, ularning individual hamda guruhiy ustanovkalari, faolliklari, mehnatga munosabatlari, hissiyotlari yetakchi rol o’ynaydi. Korxonalarning mustaqilligi, xususiy mulkchilikning turli shakllari hayotga shiddat bilan kirib kelayotgan bugungi kunda ham odamlar o’zaro guruh bo’lib mehnat faoliyatini amalga oshirar ekanlar, ular uchun o’sha guruhdagi ijtimoiy- psixologik muhitning qandayligi, bevosita rahbarning obro’si, norasmiy liderlarning ishga va shaxslararo munosabatlarga ta’siri muhim masala bo’lib qolaveradi va ularning xususiyati ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsataveradi. Yangicha bozor iqgisodiyoti munosabatlari sharoitida rahbarlar oldida turgan yana bir muhim masala shuki, ular avvalgidan ham bilimdonroq bo’lib, o’z bilimlarini ko’proq har bir shaxsning individual psixologik layoqatlari va qobiliyatlari, ishga nisbatan munosabatlariga binoan ularni taqdirlashlari, mehnatga jalb etishning turli-tuman shakllarini tatbiq etishlari zarur. Xodimni yoki ishchini shaxsan o’rganib, faoliyatini munosib taqdirlash esa (xoh moddiy, xoh ma’naviy taqdirlashdan qat’iy nazar) uning qisman testolog bo’lishini, psixologiya fanining ommabop usullarini qo’llagan holda ish yuritishini talab qiladi. Ishni tashkil etish, guruhlarni shakllantirishda ham ularning o’ziga xos qonuniyatlarini bilishi, odamlar soni va salohiyati masalasida ijtimoiy- psixologik bilimga ega bo’lishi shart. Hozirgacha sanoat ijtimoiy psixologiyasi yo’nalishida qilingan aksariyat ishlar shu soha birlashmalaridagi alohida ishlab chiqarish guruhlarida ijgimoiy- psixologik muhitni o’rganishga qaratilgan bo’lib, tadqiqot mobaynida ishlab chiqarish samaradorligi, ishchilarning mehnatga munosabatlari, guruhdagi qonun-qoidalarga bo’ysunishlari va hokazolar bilan bog’liqligi tekshirilgan. Ayniqsa, ko’p tadqiqotlarda ana shu psixologik fenomenning rahbarlikka ta’siri, norasmiy liderlarning xususiyatlariga bog’liqligi masalalari to’liq tadqiq etilgan. Lekin shu yo’nalishdagi tadqiqotlar hozirgi iqtisodiy munosabatlar sharoitida o’tkazilgani yo’q. Shuning uchun ham yaqin kelajakda ijtimoiy psixologlar tomonidan sanoat korxonalarida o’tkazilishi mumkin 125 bo’lgan tadqiqot tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. jamoa a’zolari o’rtasidagi vertikal munosabatlarni o’rganish (rahbarlik masalalari, rahbarning jamoa a’zolari tomonidan idrok qilinishi va aksincha; har bir a’zoning rahbarlikda ishtiroki, undan qoniqishi va boshqalar); 2. jamoa a’zolari o’rtasidagi gorizantal munosabatlar, ya’ni jamoaning uyushganligi, shaxslararo munosabatlarning o’ziga xosligi, ziddiyatlar va ularning tiplari, ularning oldini olish choralari; 3. mehnatga munosabat, undan jamoa a’zolarining qanchalik qoniqishlari va uning mehnat unumdorligiga ta’siri, faoliyat motivlari, amalga oshirilayotgan faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy-foydali jihatlarini qay darajada tasavvur qilishi; 4. mehnat jamoalari rahbarlarining malakasini oshirish, jumladan, ularning professiogrammasi va psixogrammalari asosida odamlar bilan ishlash, jamoani qovushtirish, oqilona ish va muomalani tashkil etish, o’z liderlik qobiliyatlarini muttasil oshirishga o’rgatish bo’yicha ijtimoiy- psixologik treninglar uyushtirish; 5. rahbarlarning malakasini oshirish kurslarida psixologlar ishtirokida maxsus mashg’ulotlar o’tkazish. Tadqiqotchining yuqoridagi masalalarni o’rganishi uchun tabiiy metodik vositalar zarur. Amaliy ijtimoiy psixolog oddiy kishidan shu tomonlari bilan farq qiladiki, u har bir konkret sharoitda o’ziga kerakli, ma’qul uslublarni qo’llaydi, ba’zi birlarini sinab ko’radi, agarda ular maqsadga muvofiq bo’lmasa, boshqasi bilan almashtiriladi. Olingan natijalarga asoslanib, u korxonalardagi ruhiy muhitni "yaxshi", “o’rtacha”, “yomon”, “qarama-qarshi” toifalarga bo’ladi va ularning har 6iridan o’ziga xos ilmiy-amaliy xulosalar chiqaradi. Bundan tashqari, bugun tadbirkorlik negizida tashkil etilayotgan ko’plab ishlab chiqarish korxonalari, firmalar, qo’shma korxonalar mavjudki, ularda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va samaradorlikning ruhiy mezonlarini topish muhim muammodir. 126 Chunki yangi korxonaning rahbari va mas’ul shaxslar ko’plab insonlar bilan muloqotga kirishish va ishlab chiqarish munosabatlarining murakkab shakllarini his etishga majburdirlar. Menejment va marketing sohasidagi har qanday izlanishlar va ularning tatbiqiy natijalari, so’zsiz jamiyatda ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishini va inson manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi. G’arb mamlakatlarida bo’lgani kabi bu sohada talab va takliflarning o’z vaqtida o’rganilishi, rahbarlik mahoratining ko’plab qirralarini egallagan holda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, har bir xodimning shaxsiy qobiliyatlariga differensial munosabatda bo’lish katta tatbiqiy ahamiyatga molik. Sanoat korxonalarida tashkil etiladigan psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik yo’nalishi, avvalo, turli toifadagi ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy va shaxsiy ziddiyatlarini bartaraf etishga o’rgatish, shaxslararo munosabatlarning demokratik, sog’lom shakllariga o’tish, rahbarlik mahorati sirlarini o’zlashtirish va ulardan kundalik faoliyatda oqilona foydalanish malakalarini shakllantirishdir. Bunda, shubhasiz, psixolog tomonidan tashkil etiladigan turli trening mashg’ulotlari muhim ahamiyatga ega. Tatbiqiy ijtmoiy psixologik izlanishlarning ikkinchi asosiy yo’nalishlaridan biri – bu nikoh va oiladir. Oila va nikoh hamma vaqt ham gumanitar fanlarni qiziqtirib kelgan, ayniqsa, 6u sohaning o’ziga xos ijtimoiy-psixologik tomonlari mavjud bo’lib, u oilani yaxlit bir ijgimoiy guruh sifatida talqin qilib, unda sodir bo’ladigan barcha ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Respublikada oila va nikoh masalalariga e’tibor yuksakligini hisobga olib, ko’pchilik tadqiqotchilar o’z ilmiy izlanishlarini ana shu muammolarga bag’ishlaganlar (M.Mirhosilov, Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling