Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

9.3. Maktab va ta’lim 
muassasalariga 
ijtimoiy-psixologik 
yordam ko’rsatish 
Jamiyatimizda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarning dolzarbligidan kelib chiqadigan yana bir 
tatbiqiy 
ijgimoiy 
psixologik 
yo’nalish – bu 
ta’limdada 
ko’rsatiladigan 
ijtimoiy-psixologik 
xizmatdir. 
Ma’lumki, shaxsning ijtimoiylashuvi (yoki sosializasiyasi) asosan maktab 
yillariga to’g’ri keladi. Shuning uchun maktab oldiga qo’yilgan asosiy 
vazifalardan biri bolaning kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratish, uning 
individual va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va 
tarbiyaning eng maqbul shakllarini joriy etishdir. Lekin hozirgi sharoitda 
maktab oldida ko’plab muammolar, hal qilinmagan masalalar mavjudki, 
ularning barchasi maktabga har taraflama yordamni taqozo etadi. O’zbekiston 


129 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ko’rsatmalariga asosan yoshlarning 
layoqatlarini ilk yoshdan aniqlash, ular iqtidorini har taraflama o’stirish 
vazifalari 
o’quvchiga individual yondashuvning zarurligini, o’qishning 
differensial bo’lishini talab qilmoqda, shunga ko’ra, maktab va jamoatchilik 
oldiga qator muammolar qo’yilmoqda. Testlar vositasida bilimlarni tekshirish, 
oliy o’quv yurtlariga va ta’limning barcha tarmoqlariga test sinovlari orqali 
qabulning amalga oshirilishi psixologik xizmat zaru-riyatini vujudga 
keltirmoqda. Ijtimoiy psixologiya davr talablaridan kelib chiqqan holda o’z 
oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: 
a) yoshlar tarbiyasida ijtimoiy-psixologik muammolarni anglash; 
b) ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish va tatbiqiy xulosalar chiqarish; 
v) mavjud ziddiyatlarning oldini olish yo’llarini qidirish, yo’l-yo’riqlar 
tavsiya qilish kabilar. Bunda maktab psixologining roli katta bo’lib, u quyidagi 
ijtimoiy-psixologik vazifalarni bajarishga o’z faoliyatini yo’naltirishi kerak: 
1. Maktabda tashkil etilgan psixologik xizmatning samarali yo’llarini 
qidirish, shart-sharoitlar va muhitni har tomonlama, to’liq o’rganib chiqishni 
har bir o’quvchining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda individual va 
guruhiy ishlash uslublarini aniqlash lozim. 
2. Maktab psixologi o’quvchilar o’rtasida uchrab turadigan psixik 
rivojlanishdan kechikish hollarini to’liq o’rganishi, ularni keltirib chiqaruvchi 
omillar va ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni tahlil qilishi lozim. 
3. Maktab psixologi turli yoshdagi o’quvchilarning qobiliyatlari, yo’nalishi, 
layoqatlari va kasbiy qiziqishlariga doir aniq ilmiy tahlillar, test natijalari asosida 
tuzilgan ma’lumotlar bankiga ega bo’lishi kerak. Bu ma’lumotlarga asoslanib
psixolog ularga alohida-alohida yondashish, ayrimlarga qo’shimcha darslar tashkil 
etish, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligida qobiliyatlarini o’stirish bilan bog’liq 
aniq ko’rsatmalar ishlab chiqishi lozim. 
4. Maktab psixologi sinflardagi ruhiy holatlarni, o’zaro munosabatlar bilan 
bog’liq bo’lgan psixologik muhitni aniqlashi, rasmiy va norasmiy liderlar o’rtasidagi 
munosabatlarni chuqur o’rganishi, maktab ma’muriyati va tarbiyaviy ishlar bo’yicha 


130 
direktor o’rinbosariga zarur yo’l-yo’riqlar tavsiya qilishi joiz. Bundan tashqari, maktab 
psixologi turli mojarolar, ziddiyatlar, tartibbuzarliklarning oldini olish, ularning 
psixologik ildizini o’rganish chora-tadbirlari bo’yicha maslahatlar tashkil etishi shart. 
Bunday psixologik maslahatlar ota-onalar va pedagoglar jamoasi uchun alohida tashkil 
qilinadi.
5. Amaliy psixolog faoliyatining yana bir tomoni turli masalalar bo’yicha 
o’qituvchilar jamoasiga psixologik yordam berishdir. Bunda u jamoadagi sog’lom 
muhitning asosi bo’lmish o’zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy-
psixologik trening mashg’ulotlaridan samarali va o’z vaqtida muttasil foydalanishi, 
uzluksiz ravishda diagnostik sinovlar o’tkazib turishi, pedagogning kasbyy 
mahoratini va nutq qobiliyatini oshirishda ijtimoiy psixologiyaning barcha faol 
tayyorgarlik usullaridan foydalanishi va shu orqali pedagog-murabbiyning ijtimoiy-
psixologik bilimdonligini oshirishi zarur. 
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, maktab psixologi o’z faoliyatining 
asosiy yo’nalishlarini belgilashi mumkin. Ular diagnostik va tuzatish ishlari
psixoprofilaktik ishlar, psixologik konsultasiyalar, o’qituvchilar, ota-onalar va 
o’quvchilarning psixologik savodxonligini ko’tarish; psixologiya metodlarini aniq 
sharoitlarga moslashtirish, ulardan samarali foydalanish, to’plangan ilmiy 
ma’lumotlarni izchil tarzda tahlil qilib borish; testlar tuzish, ularning 
sezgirligini ilmiy asoslash va har bir o’quvchi qobiliyatining qolaversa, 
o’qituvchilar bilimdonligini testlar yordamida muntazam tekshirish, ilmiy 
xulosalar va ko’rsatmalar tayyorlash kabilardan iboratdir. 
Respublikada 
maktabda 
psixologik 
xizmat 
ko’rsatish
ishlarini 
takomillashtirish o’quvchilarni jamiyat oldida turgan ulkan va ulug’vor ishlarga 
tayyorlashda 
o’zining 
munosib 
hissasini 
qo’shadi 
va 
O’zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning bandlarini muvaffaqiyatli 
amalga oshirish hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga joriy 
etishda o’z o’rnini topadi . 
Psixologiya 
fani 
oldiga 
qo’yilgan 
talablarni 
qondirish 
uchun 
mamlakatimizda keng ko’lamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ularning 


131 
nitijalarini dadil amaliyotga tatbiq qilish, amaliyot bilan nazariya o’rtasidagi 
uzviy bog’liqlikni hayotda qaror toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bugun O’zbekistonning deyarli barcha o’rta ta’lim maktablari va kasb-
hunar kollejlari psixolog kadrlar bilan ta’minlangan. Ularning maktab doirasida 
bajaradigan ishlari juda ko’p. Shunga qaramay, ularning eng dolzarb 
vazifalaridan biri doimo o’quvchilarning oilasi, u yashab, istiqomat qilayotgan 
mahallasi bilan amaliy aloqalarni o’rnatishdir. Chunki psixolog o’sib 
kelayotgangan avlodning maktabdan tashqari vaqti nimalar bilan band bo’lishini 
bilmasa, u bilan aniq maqsadli psixokorreksion va rivojlantiruvchi tadbirlarni 
amalga oshira olmaydi. Maktabga psixologik yordamning to’g’ri yo’lga 
qo’yilishi “Oila – mahalla – maktab” konsepsiyasining samarali amalga oshirishi 
uchun muhim omildir. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling