Sotsial psixologiya Darslik


X BOB ETNOPSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

X BOB
ETNOPSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI


134 
hollari kuzatilganki, bu tabiy turli noroziliklarning tug’ilishiga sabab bo’lgan. 
Shuning bilan birgalikda xalqlarning voqyelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, 
avlodlar tarbiyasi, avlodlar o’rtasidagi munosabatlardagi o’ziga xosligini hisobga 
olmaslik, etnik o’ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga 
olmaslik mumkin emasligini tan olmas edilar. Shu bois ham etnopsixologiya fan 
sifatida rivojlanmadi, xattoki, sobiq sho’rolar davrida bu fan psixolog kadrlar 
tayyorlovchi fakultetlarning o’quv rejasiga ham kiritilmadi. Ijtimoiy 
psixologiyaning o’rganishi mumkin bo’lgan mavzusi sifatida qisqa ma’ruzalar 
tarzida psixologiya fakultetlarida nomiga o’qitildi xolos.
Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmog’iki, u ayrim olingan 
millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy 
guruhlarni 
ham 
o’rganadi. "Etnopsixologiya" atamasi “etnologiya” va 
“psixologiya” tushunchalarining qo’shilishidan tarkib topgan bo’lib, grekcha 
"etnos" - xalq, qabila, "psixologiya"- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi. Bu fan 
malum millat va etnik birlik vakillarining o’ziga xos ruhiy qiyofasi, xulq-atvorini, 
zamonaviy tilga ataladigan bo’lsa "mentalitetini" o’rganadi. Har bir xalqka xos 
bo’lgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy tuyg’ular va did (ta’b), etnik 
ong va milliy o’zini o’zi anglashning vujudga kelishi, namoyon bilishi, o’zgarishi 
va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyaning o’rganish predmeti 
hisoblanadi. 
O’z navbatida shuni ta’kidlash o’rinliki, o’z navbatida 
etnopsixologiya ijtimoiy psixologiyaning tadbiqiy yo’nalishi hisoblanadi. 
Etnopsixologiyaga yaqin bo’lgan fan tarmog’idan biri – bu etnografiya bo’lib, 
ayrim alohida olingan madaniyatlarning xususiyatlarini bir-biriga qiyoslab, 
solishtirib o’rganadi. Shu ma’noda etnopsixologiya turli etnoslarga mansub 
kishilar guruhidagi murakkab munosabatlarni o’rganuvchi va ularni tartibga 
solishga ixtisoslashgan fan tarmog’idir. Shu kabi va boshqa ommaviy psixologik 
jarayonlarning shaxs ijtimoiy xulq-atvoriga ta’sirini o’rganuvchi ijtimoiy 
psixologiya va uning xususiy tarmog’i bo’lgan etnopsixologiya ijtimoiy-psixologik 
qonuniyatlarni bilishda va ularni boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega.


135 
Xar bir xalqka xos bo’lgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy 
tuyg’ular va did (ta’b), etnik ong va milliy o’zini o’zi anglashni vujudga kelishi
namoyon bilishi, o’zgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyani 
o’rganish obyekta hisoblanadi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling