Sotsial psixologiya Darslik
Bob yuzasidan tayanch iboralar
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografiya
Bob yuzasidan tayanch iboralar
Etnopsixologiya, etnos, xalq, etnologiya, etnik guruh, til, diniy e’tiqodi, an’ana Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Etnopsixologiya faninig predmeti? 2. "Etnopsixologiya" atamasi nima ma’noni anglatadi?? 3. Etnik guruh tushunchasini ochib bering.? 4. Etnik guruhlar tarixiy rivojlanish jarayonida qanday belgilar va mezonlar asosida shakllangani? 5. Etnopsixologiyani o’rganish obyekta nima? Bibliografiya 1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 137 2012. – 172 b. 2. Вильгельм Вундт. Проблемы психологии народов - СПб., 2007 - 542 с. 3. Стефаненко Т. Этнопсихология. – Москва: Акад. проект, 1999 – С. 237 4. Аронсон Э. Психологические законы поведения человека в обществе.- СПб: Прайм-Еврознак, 2008 138 11.1. Etnopsixologik tadqiqotlarning eramizdan oldin o’rganilish Boshqa xalqlarga, etnik guruhlarga xos bo’lgan ruhiy xususiyatlarni, qo’shni qabilalarning yashash tarzini o’rganishga bo’lgan qiziqish qadim vaqtlardayoq bir qancha amaliy ehtiyojlar, avvalo iqtisodiy, savdo-sotiq va harbiy maqsadlar natijasida vujudga kelgan. Antik davrlarda sayyoh va savdogarlar uzoq yurtlarga qilgan safarlardan qaytgach, xorijiy xalqlarniig yashash sharoitlari, urf-odatlari, odamlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning kiyinishi, qanday ovqatlar tanovvul qilishi, bu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, hayvonot olami va boshqa narsalar haqida o’z vatandoshlariga ajoyib va g’aroyib narsalardek so’zlab berishgan. Qadimgi dunyo mutafakkirlari Aristotel, Gerodot, Gippokrat, Demokrit, Pifagor va boshqalar barcha ijtimoiy va psixologik hodisalarni tushuntirib berish uchun yagona bo’lgan umumiy tamoyillarni, nazariyalarni qidirib topishga, xususan, xalqlarning turli psixologik xususiyatlariga ega bo’lishining sabablarini tushuntirib berishga harakat qilganlar. Etnopsixologik xususiyatlarning vujudga kelishini ular asosan, tabiiy-geografik muhitning ta’siri bilan bog’lab tushuntirganlar. Masalan, qadimgi dunyoning buyuk mutafakkiri Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375) o’zining "Havo, suv va quruqlik", degan asarida xalqlarning turli ruhiy va jismoniy xususiyatlarni bevosita iqlim sharoiti bilan bog’lagan xolda tushuntirib berdi. Xalqlarning xarakter va temperament xususiyatlarinish vujudga kelishini ular iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar bilan bog’lab tu-shuntirishga ham urinishlari bo’lgan. Mashhur matematik va faylasuf Pifagorning (eramizdan avvalgi 570-500) tushuntirishiga qaraganda, xayvon go’shti va yog’ini ko’p iste’mol qilinishi, xalqlarda qattiqqo’llik va dag’allikni vujudga keltiradi. Aksincha, o’simlik mevalari va sabzavotlarni muttassil iste’mol qilinishi esa tana faoliyatini sustlashtirib, odamlar tabiatini muloyimlashtiradi. Antik dunyoning buyuk aql Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling