Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot xurujlari
Axborot xurujlari turlicha bo’lgani uchun unga nisbatan xavfsizlik
choralarini ko’rish ham turli sohalarda (siyosat, iqtisodiyot, mudofaa) va turli jabhalarda (davlat miqyosida, hududiy, tashkilish, shaxsiy) amalga oshiriladi. Ya’ni, davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashga aloqador bo’lgan ishlar muayyan bir tashkilot doirasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligidan farq qiladi. Birinchisiga gap milliy manfaatlarni himoya qilish to’g’risida ketsa, ikkinchi holatda tashkilotdagi muayyan ijtimoiy guruhlararo axborot almashinuvida bo’hton, to’xmat, mish-mishlar tarqatishga bog’liq bo’lgan salbiy holatlar nazarda tutiladi. Lekin ikkala holat ham axborot xurujlariga odamlarning normal faoliyatlari uchun xalaqit beruvchi omil sifatida qaraladi. Axborot xurujlari – bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga yo’naltirilgan ta’sir bo’lib, uning asl maqsadi o’sha shaxs, tashkilot va davlatning normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning g’arazli niyatlaridan kelib chiqadi. Saylov kompaniyalarida odatda axborot xurujlarining bir ko’rinishi bo’lmish “qora piar” usulidan foydalaniladiki, unda yozma ravishda nashriy manbalar orqali bo’htonli murojaat, yoki radio-televideniye orqali u yoki bu mavzu doirasida g’irt yolg’onga asoslangan chiqish qilinadi. Shuning uchun ham bunday sharoitlarda axborot xavfsizligi eng avvalo saylovda qatnashayotgan davogarlar yoki siyosiy partiyalarning obro’sini saqlab qolish, ular to’g’risida obyektiv imijning hosil bo’lishiga xizmat qiladi. Oxirgi paytlarda turli xorijiy OAV orqali tarqatilayotgan turli xil asosli- asossiz axborotlarda odamlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ma’lumotlar tarqatilmoqdaki, ularning ta’sirida ayrim odamlar va yaxlit ijtimoiy guruhlarda bir- biriga nisbatan ba’zan agressiv, ochiq deviant xatti-harakatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar yuzaga kelmoqda. Buni biz chet el OAVning 2005 yil may oyida Andijonda bo’lib o’tgan voqyealarni sharhlashlarida guvoh bo’lganmiz. 108 O’shanda ayrim xorijlik jurnalistlar voqyealarning asl mohiyatini xaspo’shlash, noto’g’ri talqin qilish orqali jamiyatimizdagi barqarorlikka tahdid solmoqchi bo’lgan edilar. O’zbekiston ochiq OAV orqali voqyealarning xolis bayon etilishi esa bunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlagan muhim manba rolini o’ynagan edi. Shu sababli ham axborot xavfsizligi to’g’risida gap ketganda, nafaqat u yoki bu mazmunili axborotlar, ma’lumotlarni ishonchlii tarzda saqlash, balki aniq, xolis ma’lumotni ishonchli manbalar orqali qabul qilish va yetkazish masalalari ham nazarda tutiladi. Oxirgi yillarda kompyuter vositalari orqali amalga oshirilayotgan axborot xurujlari haqida ko’p yozilmoqda. Bunday xurujning o’ziga xosligi shundaki, kompyuter tarmoqlari orqali yetkazilayotgan ma’lumotlarning aniq manzilini bilish ancha mushkul bo’ladi. Ya’ni, xurujga qarshi turishda uning kimdan va qayerdan kelayotganligini bilish muhim, aynan shu jihat kompyuter terrorizmi deb atalmish xavfni bartaraf etishda qiyinchiliklar tug’diradi. Chunki bu vosita orqali tarqatiladigan axborot bir zumda nafaqat bir davlat doirasida, balki bir qancha mamlakatlarga tezkor axborotday tarqalib ketishi mumkin. Shunday qilib, kompyuter jinoyati sodir etilganda uning obyekti bevosita kompyuter, kompyuter orqali uzatiladigan ma’lumot va tarmoq hisoblanadi. Mutaxassislar kompyuter jinotchiligining quyidagi turlarini farqlaydilar: 7 1) terrorizm; 2) josuslik (xalqaro va sanoat sohasidagi); 3) ekstremistik guruhlar faoliyati (siyosiy, ekologik va diniy yo’nalishlardagi); 4) uyushgan jinoyatchilik va qalloblik; 5) xakerlar faoliyati (alohida va uyushgan guruhlar). Yuqori axborot texnologiyalari sohasida esa quyidagi toifali jinoyatchilik turlari farqlanadi: a) xakerlar (ingliz tilidan olingan: hackers) – kompyuterlar va axborot tizimlarini juda yaxshi biladigan odamlar; b) krekerlar (ingl. srackers) – axborot tizimning xavfsizligi ataylab buzib, 7 Каменьская Е.Н. Социальная психология: Конспект лекций: Учебное пособие / Е.Н. Каменская. Изд- е 2-е. – Ростов н/Д: Феникс, 2006. – 192 с (С. 179). 109 ruxsatsiz unga o’zgartirish kiritish bilan shug’ullanadigan insonlar; v) frikerlar (ingl. phreakers) – turli xil telekommunikasiya tizimlarida qo’poruvchilik bilan shug’ullanadiganlar. Bu kabi jinoyatchilar guruhi odatda yirik kommunikasiya tarmoqlarida qo’poruvchilik qilib, bank va tartibni saqlash muassasalari tarmoqlaridagi axborot tizimini buzishga harakat qiladilar, chunki bu ishlarni tagida yotgan maqsad hamisha g’arazli bo’lib, u yirik pul mablag’lariga ega bo’lib bilan bog’liqdir. Bugungi kunda AQSh ana shu kabi yirik elektron terrorizmning xavfi ostida qoldi. Bu kabi ishlarga ayrim-alohida shaxslar kirishsa, ularni tezda aniqlab topish, jazolash mumkin, lekin bunga uyushgan jinoyatchilar guruhi kirishsa, buning xavfi kattaroqdir. Harbiy ekspertlarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, XXI asrda ana shunday axborot xurujlari bilan shug’ullanish orqali mamlakatlar xavfsizligiga tahdid solish, noqonuniy ishlar bilan shug’ullanish, katta pul miqdorlarining bir mamlakatdan ikkinchisiga o’tib ketaverishi o’ziga xos axborot-psixologik urushining yaqinlashib kelayotganligidan, uning quroli – aynan axborot va psixologik ta’sir ekanligini ta’kidlamoqdalar. Bu holat psixologlar oldiga, jumladan, ijtimoiy psixologiya oldiga o’ziga xos vazifalarni qo’yadi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling