Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida inson konstuitusion xuquq va 
kafolatlariga aloqador bo’lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yo’l 
qo’ymaslikka bog’liq bo’lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning oldini 
VIII BOB
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA VA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI


106 
olish va ularnii vaqtida bartaraf etish, kelib chiqishi bo’yicha ijtimoiy, tabiiy, 
biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya qilishni 
nazarda tutadi. 
Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining keskin 
rivojlanib ketayotganligi, Internet tizimning barcha davlatlar, madaniy hududlar, 
barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot almashinuvi vositasiga aylanib 
borayotganligi munosabati bilan xavfsizlikning o’ziga yana bir turi axborot 
xavfsizligi paydo bo’ldi. 
Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning obyektiv, xolis, haqqoniy axborot 
manbaiga ega bo’lishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni nazarda tutadi. 
Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga yetib keladigan 
ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo’lganliklari uchun 
ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hech 
bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat 
qilmasliklari kerak.. Chunki mustaqil OAV aslida odamlarda sodir bo’layotgan 
turfa xil jarayonlarga nisbatan xolis fikrning shakllanishiga imkon berishi lozim. 
Lekin amaliyotda ming afsuski, har doim ham shunday bo’lavermaydi va jamiyat 
o’z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot xurujlaridan himoya qilishga 
majbur bo’ladi. 
Axborot xavfsizligining vazifalari
1) 
shaxs va jamiyatning axborot qabul qilish va undan foydalanishga 
bo’lgan huquqini ta’minlash; 
2) 
xolis axborotlar makonini ta’minlash (mustaqil OAV tizimini yaratish 
orqali); 
3) 
informasion 
va 
telekommunikasion 
texnologiyalar 
sohasidagi 
jinoyatlarni bartaraf etish yo’li bilan ushbu yo’nalishda sodir bo’lishi mumkin 
bo’lgan terroristik tahdidlar, jumladan, telefon orqali, kompyuter tizimi orqali ro’y 
beradigan xavflarni, shu orqali noqonuniy mablag’larning bir manbadan 
ikkinchisiga oqim ketishiga yo’l qo’ymaslik; 
4) 
shaxsni, tashkilot va yaxlit jamiyatni axborot-psixologik tahdidlardan 


107 
himoya qilish; 
5) 
imidjni shakllantirish, turli bo’hton, mish-mishlar va noo’rin 
xabarlarga qarshi kurashish. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling