Internetda axborot qidiruv tizimlari Bajaruvchi: Allakov Ro'zmatbek


Download 130.95 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi130.95 Kb.
#1390825
Bog'liq
Mustaqil ish AKT Allakov Ro\'zmatbek

Internetda axborot qidiruv tizimlari

Bajaruvchi:Allakov Ro'zmatbek

REJA:


1.Internetda qidiruv turlari va qidiruv tizimlari.
2. Milliy axborot-qidiruv tizimi.
3.ChatGPT chatboti haqidi qisqacha.

1.Internetda qidiruv turlari va qidiruv tizimlari

  • Qidiruv tizimi (inglizchasearch engine) — kompyuterdakompyuter tarmogʻida yoki butunjahon web tarmogʻida World Wide Web saqlanayotgan maʼlumotlarni qidirishga moʻljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema maʼlumotlar bazasi uchun kalit-soʻzlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-soʻz qatnashgan qidiruv soʻrovnomasiga javob sifatida natijalar roʻyxatini koʻrsatish imkoni paydo boʻladi. Qidiriv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli maʼlumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida komputer xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir.

Qidiruv tizimining asosiy vazifalari hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir:


Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi maʼlumotlar strukturasi)
Qidiruv soʻrovnomalarini bajarish
Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, yaʼni tushunarli shaklda koʻrsatish

Axborotlar turi

  • Turli xil qidiruv tizimlari turli xil axborot turlarini qidira oladi. Avvaliga umumiy qilib maʼlumotlar turini koʻrsatish mumkin, masalan, matn, tasvir, videotasvir, audiofayl va b. Natijalar ham ushbu turlarga bogʻliq holda tartibga solinadi. Matn qidirilganda natija sifatida ushbu matndan kalit-soʻz qatnashgan bir qism koʻrsatiladi.

Axborotlar manbaʼi 


Klassifikasiyaning yana bir turi bu qidiruv tizimi topgan axborotning manbaʼi hisoblanadi. Koʻpincha qidiruv tizimining nomi axborotlani qaysi manbaʼdan qidirishini koʻrsatadi.
Web qidiruv tizimi — WWWdan maʼlumot qidiradi
Usenet qidiruv tizimi — butun dunyoga taqsimlangan munozaralar mediumi (vositasi) hisoblanadigan Usenetdan maʼlumot qidiradi
Intranet qidiruv tizimi — alohida tashkilotning ichki tarmogʻidagi kompyuterlardan maʼlumot qidiradi
Desktop qidiruv tizimi — alohida kompyuterning maʼlumotlar bazasidan maʼlumot qidiradigan dastur

Interpretasiya

  • Foydalanuvchining qidiruv soʻrovnmasi qidirsh jarayoni boshlanishidan oldin kerakli qidiruv algoritmiga tushunarli qilib interpretasiya(tarjima) qilinadi.Bu esa oʻz navbatida soʻrov sintaksisini imkon qadar soddaroq qilish va murakkab soʻrovlarni bajarish imkonini yaratishga xizmat qiladi. Koʻplab qidiruv tizimlari matematik mantiqdagi Bul operasiyalari yordamida turli kalit-soʻzlarning mantiqiy birikmasini hosil qila oladi.Natijada esa maʼlum kalit-soʻzga ega web-sahifani topish imkoni paydo boʻladi. Eng yangi qidiruv tizimi tabiiy tilni tushunadigan qidiruv tizimini boʻlib, uni semantik qidiruv tizimi deb atashadi

 Eng koʻp qoʻllaniladigan qidiruv tizimlarining belgilari

  • Eng koʻp qoʻllaniladigan belgilar kombinasiyasi WWWdan axborot manbaʼi sifatidamatnli maʼlumotlar uchun esa HTML-format va qidiruvni amalga oshirishda esa indeks yaratishdan foydalanadi.Soʻrovnimani interpretasiya qilish koʻpincha sodda sintaksisga asoslanga holda amalga oshiriladi. Eng yirik qidiruv tizimi hosoblanmish GoogleYahoo Search va Microsoft Live Search mana shu uslubda ishlaydi.

Milliy axborot-qidiruv tizimi 

  • WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog‘idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining asosiy hususiyatlaridan biri uning ko‘p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o‘zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va ma’lumot omborlari bilan o‘zaro ishlay olishidadir.

ChatGPT

  • ChatGPT-OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan va tabiiy tillardagi soʻrovlarni qoʻllab-quvvatlaydigan suhbat rejimida ishlashga qodir boʻlgan sunʼiy intellekt chatbotidir. ChatGPT - bu boshqariladigan va mustahkamlovchi o'rganish usullaridan foydalangan holda o'qitilgan katta til modeli. Ushbu chatbot OpenAI’ning boshqa til modeliga asoslangan – GPT-3.5 – GPT-3 modelining takomillashtirilgan versiyasi. 2023-yil 14-martda GPT-4 tili modeli ChatGPT Plus testerlari va pullik obunachilar uchun chiqarildi. Yangi versiyada AI nafaqat matnni, balki rasmlarni ham qayta ishlash imkoniyatiga ega.

Download 130.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling