Sharq sivilizatsiyasi va tarix
Download 436.2 Kb.
|
fe\'l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar
- II BOB FORS VA O`ZBEK TILIDA FE’LNI QIYOSIY TAHLILI
- KIRISH Mavzusining dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI “SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIX” FAKULTETI “MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI VA ETNOLOGIYASI” KAFEDRASI KURS ISHI Mavzu: Fors tili va o’zbek tilida fe’l so’z turkumi va uning qiyosiy tahlili Bajardi: fors-ingliz guruhi 3-kurs talabasi Zaripov Javohir Ilmiy rahbar:____________________ Toshkent-2022 MUNDARIJA Kirish………………………………………..………………………….…..…3 I BOB FORS VA O`ZBEK TILIDAGI FE`LNING TASNIFI 1.1 Fors va o’zbek tillarida fe’l shakllari……..……..……………………...…7 1.2 Fors va o’zbek tillarida fe’l zamonlari va noaniq shakli……………….….10 II BOB FORS VA O`ZBEK TILIDA FE’LNI QIYOSIY TAHLILI 2.1 Fors va o`zbek tilida fe’lning qiyosiy tahlili……………………….……….21 2.2 Oldi qo`shimchalar va qo`shma fellarni yasalishi…………..………………24 Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Mavzusining dolzarbligi. Mustaqil Oʻzbеkistоnning xоrijiy mamlakatlar bilan kun sayin rivоjlanib va mustahkamlanib bоrayotgan siyosiy, iqtisоdiy va madaniy alоqalari chеt tillarni oʻrganishni hamda ulardan amaliy fоydalana bilishni taqоzо etmоqda. Birinchi Prеzidеntimiz I.A. Karimоv ta’kidlaganlaridеk, «Hоzirgi paytda xоrijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatishga yurtimizda katta ahamiyat bеrilmоqda. ...Jahоn hamjamiyatidan oʻziga munоsib oʻrin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chеt ellik shеriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkоrlikda oʻz buyuk kеlajagini qurayotgan xalqimiz uchun xоrijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini bahоlashning hоjati yoʻqdir»1 . O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk paytlardanoq mamlakatimiz rahbariyati yurtimizda chet tillarni o‘rgatish ishiga katta e’tibor qaratib kelmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning daslabki yillaridayoq birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’limning turli bosqichlarida tahsil olayotgan yosh avlodga xorijiy tillarni o‘rgatishning zarurati va ahamiyatini ta’kidlab shunday degan edi: “Ularga chet tillarni mukammal bilib olishlari, erkin muloqot qilishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Bu bizning jahon miqyosiga chiqishimizda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi”2 Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid davlat siyosatini yanada takomillashtirish maqsadida shunday degan edilar: “biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”3 . Shunday bir sharoitda yurtimizda sharq tillari, jumladan, fors tilini o‘rganish, shuningdek, ushbu til borasida tadqiqotlar olib borish keng tus olib bormoqda. Aytib o‘tish lozimki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan to shu kunga qadar o‘zbek eronshunos olimlari va tadqiqotchilari tomonidan fors tili bo‘yicha ko‘pgina tadqiqotlar amalga oshirilib, bir necha fors tili darsliklari4 yaratildi. Bu esa yosh eronshunos olim-u, tadqiqotchilarga kelajakdagi ilmiy ishlarini amalga oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Fors tili Eron Islom respublikasining davlat va adabiy tili bo‘lib, hind-yevropa tillariga mansub eroniy tillar gruppasiga kiradi. Shunday bir sharoitda yurtimizda sharq tillari, jumladan, fors tilini o‘rganish, shuningdek, ushbu til borasida tadqiqotlar olib borish keng tus olib bormoqda. Aytib o‘tish lozimki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan to shu kunga qadar o‘zbek eronshunos olimlari va tadqiqotchilari tomonidan fors tili bo‘yicha ko‘pgina tadqiqotlar amalga oshirilib, bir necha fors tili darsliklari4 yaratildi. Bu esa yosh eronshunos olim-u, tadqiqotchilarga kelajakdagi ilmiy ishlarini amalga oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Download 436.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling