Izofali old ko‘makchilar bilan kelgan qo‘shma fe’llar
زير پا کردن [zir-e pā kardan] – “kezib chiqmoq”
روی کار آمدن [ru-ye kār āmadan] – “yuzaga chiqmoq”
توی فکر رفتن [tu-ye fekr raftan] – “o‘yga cho‘mmoq”, “o‘ylamoq”
Qo‘shma fe’llarning fe’l qismi formal-grammatik funksiyani bajarib keladi va ko‘proq کردن [kardan], شدن [šodan], دادن [dādan], يافتن [yāftan], کشيدن [kašidan], داشتن [dāštan] fe’llari ishtirok etadi.
Old ko‘makchili qo‘shma fe’llarni hosil qilishda افتادن [oftādan], آمدن [āmadan], انداختن [andāxtan], آوردن [āvardan], بردن [bordan], رسيدن [rasidan], رساندن [rasāndan], گذشتن [gozāštan] fe’llari ishlatiladi.
Qo‘shma fe’llarda o‘timlilik, o‘timsizlik
ma’nolarining ifodalanishi
Qo‘shma fe’llarda o‘timlilik, o‘timsizlik ma’nolarini ifodalash کردن [kardan] “qilmoq” fe’li شدن [šodan] fe’li bilan almashtirilishi xisobiga amalga oshiriladi. O‘timlilik, o‘timsizlik ma’nosi ayrim qo‘shma fe’llarda boshqa fe’llar yordamida yuzaga keladi. Bunday fe’llarning quyidagi guruhlari mavjud10:
رفتن - بردن komponentlari bilan kelgan qo‘shma fe’lla.
از ياد بردن – “esdan chiqarmoq”
|
از ياد رفتن – “esdan chiqmoq”
|
از بين بردن – “tugatmoq”, “bitirmoq”
|
از بين رفتن – “bitmoq, yo‘q bo‘lmoq”
|
از ميان بردن – “barham bermoq”, “bartaraf qilmoq”, “yo‘q qilmoq”
|
از ميان رفتن – “barham topmoq”, “chetlashmoq”
|
رفتن – کردن komponentlari bilan kelgan qo‘shma fe’llar
گمان کردن –“ko‘zlamoq”, “taxmin qilmoq”
|
گمان رفتن – “ko‘zlanmoq, taxmin qilinmoq”
|
Do'stlaringiz bilan baham: |