Sotsial psixologiya Darslik


 Axborot xavfsizligi: mohiyati


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

 
8.1. Axborot xavfsizligi: mohiyati 
va shaxsni ijtimoiy psixologik 
himoya qilish muammolari
 
Xavfsizlik tushunchasi bevosita shaxsning 
jamiyatdagi 
ijtimoiy, 
iqtisodiy, 
texnik, 
ekologik va biologik tizimlarida normal 
faoliyat yuritishini kafolatlovchi tushunchadir. Ijtimoiy tuzilmaning, ya’ni, yaxlit 
jamiyatning xavfsizligi odamlar hayot tarzining sifatini, uning davomiyligini 
belgilovchi muhim mezondir. Bu o’rinda fanda bevosita xavfsizlik tushunchasiga 
yaqin ishlatiladigan bir qator tushunchalarga izoh berish joizdir. 
Ijtimoiy xavfsizlik – jamiyatda mavjud bo’lgan turli ijtimoiy institutlar, 
jumladan, xavfsizlikni ta’minlash organlari, davlat muassalari, oila va mahalla 
tomonidan aholining turli ehtiyojlari, orzu-istaklari, maqsad-muddaolarini amalga 
oshirishlariga imkon berish bilan bog’liq vazifalarini o’z ichiga oladi. Bunda 
ayrim-alohida tabaqa yoki aholi qatlamining manfaatlari, ya’ni, ularning yaxshi 
yashashlari, uzoq umr ko’rishlari, bir hududdan ikkinchisiga ko’chib o’tishiga 
aloqador xavfsizlik nazarda tutilmaydi. 
Milliy xavfsizlik – bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot va davlatchilikning barqaror 
taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo’lgan har qanday tahdidlarning 
oldini olish va ularni bartaraf etishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimini 
bildiradi. Milliy xavfsizlik tashqi va ichki xavflardan yaxlit jamiyatni muhofaza 
qilishni nazarda tutadi. 
Tashqi xavfsizlik – ikki bosqichni nazarda tutadi: umuminsoniy yoki global 
xarakterli va davlatlararo xavfsizlik masalalari. Tashqi xavfsizlik tahlil etilganda 
avvalo ekologik, harbiy, radiasion, epidimiologik, kriminal-jinoiy, biologik va 
madaniy-ahloqiy (ekspansiyalar) turdagi xavflarni oldini olish nazarda tutiladi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling