111
yoshlarning kiyinish didiga kuchli ta’sir qilishi mumkin. Chunki odatda kattalar
qo’shiqning mazmuniga e’tibor
berishsa, yoshlar qo’shiqchining libosi, o’zini
tutishiga ahamiyat beradi.
Tashabbusni egallash – axborot agressiyalaridagi yana bir usul. Yangi
ma’lumotni bilgan zahoti uni egasidan avval “meniki” deb berib yuborish ko’plab
axborot kanallarida ishlatiladigan usul bo’lib, o’zgalar tashabbusini “bizniki”
deyish orqali o’z
mamlakati aholisi, xattoki, xorij kanallarida o’zlariga ma’qul
fikrni ta’kidlab, noma’qulini o’zgalarnikiday ko’rsatishga asoslanadi.
Yomonlik bilan tugamaydigan qurollarni ishlatish – mutaxasislarning
fikricha, odamlar hayotiga tahdid solmaydi, bundan odamlar salomatlik yoki
umrlarining tugashi kabi talofatlar ko’rmaydi, lekin ular ommani g’arazli
chaqiriqlar bilan to’s-to’polonlarga
chiqishga majbur etishi, aloqa vositalarini
batamom ishdan chiqarishi yoki energiya manbalarini noqonuniy boshqa tarafga
o’tib ketishiga olib kelishi mumkin. Masalan, bunday qurol ishlatilganda ba’zan
ishlab turgan radio kanal tarmog’iga
begona kanal tushib olib, o’z “diydiyosi”ni
gapirishi, odamlarning “nima bo’ldi ekan?” qabilida qiziqishlariga asolanib, biror
siyosiy
liderni yomonlashi, yoki genosidni tarqatishi mumkin. Maqsad –
tinlovchilarning fikrini o’zgartirish orqali, ularning xulq-atvoriga ta’sir
ko’rsatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: