Sotsial psixologiya Darslik
XII BOB ETNOPSIXOLOGIYANING METODLARI
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
XII BOB
ETNOPSIXOLOGIYANING METODLARI 151 ta’sirlari daxlsiz, deb hisoblangan Kettellning intellekt testi ham baribir, qisman bo’lsada, muhit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi. Bundan tashqari ularni sharhlash, ma’lumotlarni tahlil qilish masalasida alohida ehtiyotkorlik va ziyraklikni talab qiladi. Shuning uchun ham hozirda butun jahon olimlari har qanday madaniy muhitdan ham yuqori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar. Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishni maqsad qilib qo’ygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilligi va ularning o’zaro bir – birlariga ta’sir ko’rsatishini inobatga olmog’i zarur. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta hisobga olinish kerak. Misol uchun, O’zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilmoqchi bo’linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim: 1) shu hudud sharoitida yashovchi turli millatlarga xos bo’lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullari; 2) faqat o’zbek millatiga xos bo’lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; 3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni o’lchaydigan yoki eksperemental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash; 4) tadqiqotchilar guruhini tekshiralayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot obyekti hisoblangan guruhda o’sha guruh tilida tadqiqot o’tkazish kerak, toki tekshiriluvchilarga qo’yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo’lsin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan tanlab, saralab olinadi. Keyingi bosqichda esa tanlangan metodlar tekshiruv o’tkaziladigan mahallliy shart- sharoitlarga moslashtiriladi, kerak bo’lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak bo’ladi. Masalan, Qoraqalpog’istonda tadqiqot o’tkazishda albatta har bir metodika kamida uch tilda bo’lishi inobatga olinishi lozim: o’zbek, qoraqalpoq hamda 152 zarurat bo’lsa, rus tillarida. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, so’roqlar, shkalalar savlollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarni talab qiladi. Aks holda, metodika o’z qimmatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o’lchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal testlarni turli sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab ko’rish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovdan o’tkazish yo’li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir. Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo’yiladigan yana bir talab - tadqiqotni tabiiy sharoitlarda, tekshiruvchilar uchun tanish bo’lgan joylarda qisqa ko’rsatmalar berish yo’li bilan o’tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko’pincha turli yosh, kasb va ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar ishtirok etadilar, ishtirokchilar son oddiy laboratoriya sharoitida o’tkaziladigan tekshiruvlar farqli o’laroq, ko’pchilikni, ba’zan minglab nafar respondentlarni nazarda tutadi. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling