Sotsial psixologiya Darslik
Bob yuzasidan tayanch iboralar
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografiya
- 13.1. Etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga chizgilar
Bob yuzasidan tayanch iboralar
Etopsixologik metodlar, shkalali o’lchov metodlari, kuzatish, so’roq, proyektiv metod, test Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishda nimalarni hisobga olish lozim? 2. O’zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilsa nimalarga e’tiborni qaratish lozim? 3. Rus tadqiqotchisi G.U.Ksoyeva qanday metodlarni etnopsixologiya qo’llash mumkin deb ko’rsatga.? 155 4. Shkalali o’lchov metodlariga ta’rif bering? 5. Etnopsixologik tadqiqotlar ishlatiladigan kuzatish va so’roq metodlari haqida ma’lumot bering? 6. Etnopsixologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan proyektiv metodlarga ta’rif bering? 7. Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar haqida ma’lumot bering? Bibliografiya 1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 172 b. 2. Вильгельм Вундт. Проблемы психологии народов - СПб., 2007 - 542 с. 3. Стефаненко Т. Этнопсихология. – Москва: Акад. проект, 1999 – С. 237 4. Аронсон Э. Психологические законы поведения человека в обществе.- СПб: Прайм-Еврознак, 2008 156 13.1. Etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga chizgilar Etnopsixologik xususiyatlar o’zining kelib chiqishi jihatidan xalqling butun o’tmishi, hayot tarzi va tarixi bilan bog’lanib ketgan bo’lib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalroq vujudga kela boshlagan bo’ladi. Ma’lumki, etnik birlik millat taraqqiyotining eng yuqori bosqichida vujudga keladi. Etnopsixologik xususiyatlarning ayrim belgilari kishilar birligining hamma tarixiy davrlariga, ya’ni xalq, qabila, elatlarga ham xosdir. Etnopsixologik xususiyaglar ayrim tadqiqotchilar ko’rsatganidek faqat bir omil - tabiiy muhit ta’siri bilangina vujudga kelib qolmay, uning vujudga kelishida yana uchta muhim omillar ta’sir ko’rsatadi. Birinchi omil bu - siyosiy-iqtisodiy va jamiyat hayotida bo’layotgan ijtimoiy jarayonlar tizimi bo’lsa, ikkinchisiga, shu etnik birlik yashab to’rgan tabiiy-geografik muhitning xususiyatlari kiradi. Uchinchi omilga esa xalq hayotida bo’lib o’tgan muhim tarixiy hodisa va voqyealar kiradi. Lekin shuni ta’kidlash mumkinki, etnopsixologik xususiyatlar tizimida odamlar ruhiyatining mazmunini, avvalo birinchi omil – mamlakatdagi siyosiy- iqtisodiy, ijtimoiy-mafkuraviy o’zgarishlar belgilab beradi. Tabiiy-geografik omil esa asosan etnopsixologik qiyofaning tashqi ifodalarini belgilaydi. Shuning uchun ham bu omil kuzatayotgan inson nazariga birinchi omilga qaraganda yaqqol namoyon bo’ladi. Xalq hayotida bo’lib o’tgan muhim tarixiy voqyealar so’zsiz uning psixologik qiyofasida o’chmas iz qoldiradi. Tabiatdagi ayni bir voqyeliklarning doimiy ta’siri natijasida kishilar bu voqyelikdagi xususiyatlarni boshqa sharoitda yashayotgan etnik guruh vakillariga qaraganda chuqurroq idrok qilishga o’rganib qoladilar. Chunki tashqi muhit bizning sezgi a’zolarimizga behisob axborotlar, ya’ni xilma-xil taassurotlar Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling