Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

13.2. Etnik va individidual 
xususiyatlar: o’zaro bog’liqlik 
bormi? 
Etnopsixologik xususiyatlarning o’ziga xos 
tomonlarini 
mujassamlashtiruvchi 
va 
uni 
namoyon etuvchi guruh bu - etnik birlik 
vakillaridir. 
12
Рубинштейн С.Л. Бытие и сознание.\\ В кн. «Хрестоматия по психологии».- М., 1977 – С. 49 


162 
Etnosga taalluqli guruhdagi ulargagina xos bo’lgan xususiyatlarning qay 
tarzda shakllanishi ham fan, ham amaliyot uchun muhimdir.
Ma’lumki, bola yorug’ olamga kelar ekan, avvalo, o’ziga Vatanni va 
qolaversa, ota-onasini o’zi tanlab tug’ilmaydi. Bundan tashqari, u o’z millatiga xos 
bo’lgan tayyor etnopsixologik xususiyatlar bilan ham tug’ilmaydi. Bola ota-
onasidan avlod-ajdodidan biologik yo’l bilan faqat irqiy xususiyatlarni va ayrim 
ruhiy xususiyatlarnigina me’ros qilib oladi, xolos. Bola tug’ilish davrida odam 
bo’lishga nomzod. Lekin yakka ajralgan xolda u odam bo’la olmaydi. Jamiyatda 
yashab u odam bo’ladi. Bola hayotining birinchi kunidan boshlaboq ixtiyorsiz 
xolda o’zi dunyoga kelgan muhitdagi turli-tuman ta’sirlar va taassurotlar ostida 
shaxs bo’lib shakllana boshlaydi. Bolaning biologik va ruhiy jihatdan rivojlanishi 
uchun ta’sir yetayotgan bu axborotlar, turli ijtmoiy va ma’anviy muhit, geografik 
sharoitlarda bir xil bo’lmaydi. Mana shu turli xil muhit va axborotlarining turfa 
xilligi bir-biriga o’xshamaydigan, o’ziga xos milliy qiyofali xalqlarni yaratadi. 
Garchi har bir inson ma’lum darajada mustaqil yashash va faollik ko’rsatish 
imkoniyatiga ega bo’lsa ham, lekin hayotda u faqat o’z hoxishi va tushunchasi 
bilan yashab qolmay, shuning bilan birgalikda o’zi yashab to’rgan ijtimoiy muhit 
va o’zi mansub bo’lgan xalqning tajriba, bilim va e’tiqodlarini ham o’zlashtirib 
boradi. Chunki odam o’zi yashab turgan ijtimoiy muhitni inkor etib yoki undan 
butunlay chiqib ketib yashay olmaydi. Bola faqat milliy muhitda yashab 
to’rgandagina shu millat va elatga xos bo’lgan xususiyatlarni ongi va xulqtiga 
singdirib, ijtimoiy tajribani egallab, ayni millat vakili bo’la oladi.
Bolaning ontogenetik taraqqiyoti davrida tashqi xatti harakatlarni botiniy 
ya’ni, "aqliy" xususiyaglarga aylanishi davrida unda milliy psixologik qiyofa 
asoslari shakllana boshlaydi. Individning ijtimoiylashishi, milliylashishi ona tilini 
o’zlashtirish bilan boshlanadi. Milliy tilni bilmaslik etnik muhitdagi jarayonlarni, 
tilda ifodalanayotgan holat va hodisalarning mohiyatlarini anglab olishga to’sqinlik 
qiladi. Chunki fikr ifodasi uchun ishlatiladigan so’zlarda milliy o’ziga xoslik 
bo’ladi. Tafakkur bilan til va nutq o’zaro bog’liq bo’lganligi uchun, ruscha tili 
chiqqan bolalarning fikrlash malakasi ham ruscha bo’lib o’zbeklarnikidan 


163 
farqlanadi. Chunki insonning tafakkur tarzi nutqida, tilda reallashadi, 
moddiylashadi. 
O’zbeklar milliy muhitida tug’ilib voyaga yetgan bolalar o’zbekcha 
gaplashishga o’rganganlaridan keyin ham, ruscha fikrlab, o’zbekcha gapirishga 
harakat qiladi. Ruscha tafakkur tarzi bilan o’zbekcha gapirish juda qiyin. Boshqa 
millat vakili voqyelikni o’zbekning ko’zi bilan ko’rib o’zbekona tafakkur tarzi 
bilan idrok yeta olgandagina, u chinakamiga o’zbekcha fikr yuritib, o’zbekcha 
gapira boshlaydi. Yuqorida aytib ta’kidlaganimizdek, ko’rgan narsalarni idrok 
etish va mazmunini tushunib etish miyaning tug’ma xususiyati bo’lmay, bu 
xususiyatni u turmush tajribasi asosida xosil qiladi. Shuning uchun ham turli tabiiy 
sharoitlarda va ijtimoiy muhitda yashab voyaga etgan kishilar, turli hodisa va 
voqyealarni idrok etishda o’ziga xos ijtimoiy psixologik xususiyaglarga ega 
bo’lishadi. Olib borilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, Afrika qitasidagi ijtimoiy 
tarakqiyotda ortda qolib ketgan ba’zi qabila bolalari tajriba bilan bog’liq bo’lgan, 
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan narsalarni, hodisalarni esda olib qolishda ajoyib 
xotira namunalarinn ko’rsatishgan. Ular ov qilinadigan so’qmoqlarni topish, 
yovvoyi hayvonlar izini farqlash, o’rmon ichida oriyentirovka qila olishlik kabi 
vazifalarni bajarishda yevropalik tengdoshlariga qaraganda bir muncha ustunlik 
qilgan holda, oddiy geometrik shakllarni deyarli farqlay olmaganlar. Inson ijtimoiy 
zot sifatida ma’lum milliy muhitda shakllanib borar ekan, u shu muhitda mavjud 
bo’lgan munosabatlarni, milliy xususiyatlarni o’z-o’zidan stixiyali ravishda 
o’zlashtirmasdan, balki shu jamiyatda qabul qilingan ma’lum ta’lim-tarbiya tizimi 
orqali, sekin-asta o’zlashtirib boradi. 
Har bir avlod vakillari ajdodlarning turmush tajribalarini, til va madaniy 
xususiyatlarini o’zlashtirib, millat uchun umumiy bo’lgan shart-sharoitlar ostida 
o’sib, tarbiyalanib borishi natijasida ularning barchasida shu millatga xos bo’lgan 
umumiy psixologik xislatlar shakllanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ijtimoiy 
axborotlarni yosh avlod tomomidan o’zlashtirib borilishi, faqat ongli ravishda
ta’lim-tarbiya berish jarayonidagina bo’lib qolmasdan, shuningdek, individning 
o’zi bilmagan va o’zlashtirish jarayonini anglab yetmagan xolda ham yuz beradi. 


164 
Bu taqlid va ta’sirlanish orqali amalga oshadi, individning taraqqiyoti, - u bevosita 
yoki bavosita munosabatga kirishgan boshqa individlarning taraqqiyoti bilan 
belgilangan bo’ladi va bir-biri bilan munosabatga kirishadigan turli avlod vakillari 
o’zaro bog’langan, keyingi avlodlarning jismoniy mavjuddigi esa o’tmishdoshlari 
tomonidan belgilangan bo’ladi.
Ilg’or fan namoyondalari insoniyat - bu ijtimoiy hodisa ekanligiii allaqachon 
isbotlab berishgan. Shu jumladan konkret bir kishi ham avvalo murakkab va 
serqirra ijtimoiy munosabatlar mevasidir. Shuning uchun ham shaxsning hatti-
harakatlari mohiyatini biologik yoki irqiy xususiyatlar bilan emas, balki 
jamiyatdagi ijtimoiy normalar hamda ahloq qonunlari bilan belgilash kerak. 
Shunday davrlar ham bo’lganki, ayrim olimlar irqchilikni yoqlab, bosh miyaning 
shakli va vazni guyoki, xalklarning ilg’or yoki qoloqligini bildiradi, deb davo qilib 
chiqishgan edi. Lekin amalga oshirilgan tadqiqotlar bu da’voning asossiz 
ekanligini isbotlab berdi. Masalan, inglizlar va melaneziyslar miyasining o’rtacha 
vazni – 456 gr., fransuzlarniki - 1473 gr., buryatlarniki - 1508 gr., Shimoliy 
Amerika negrlariniki - 151 gr, ekan
13

Akademik I.N.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotiga ko’ra, 
hamma xalqlar ijtimoiy taraqqiyotning qaysi darajasida bo’lishlaridan qat’iy nazar, 
oliy nerv faoliyatining bir xil bo’lgan apparatiga - birinchi va ikkinchi signallar 
tizimidan tashkil topgan bo’ladi. 
Agar oliy nerv faoliyatining rivojlanishi yuz ming yillar davom etganligini, 
sinfiy jamiyatning vujudga kelganliga esa bir necha ming yil bo’lganligini nazarga 
oladigan bo’lsak, inson oliy nerv faoliyati mexanizmi sinfiy jamiyat barpo 
bo’lmasdan ancha ilgariroq shakllanganligi ravshan bo’lib qoladi. Inson ruhiyati 
faqat uni o’rab to’rgan tashqi muhit sharoitlariga moslashib va uning 
xususiyatlarini aks ettirib qolmasdan, balki, doimiy taraqqiy etib turish xarakteriga 
ega bo’lgan iqtisodiy -ijtimoiy hodisalarning o’zgarib turishiga ham moslashib 
turadi. 
13
Якимов В. Антропология разоблачает.\\ журнал “Азия и Африка сегодня”
– 1966 - № 4 


165 
Ijtimoiy - iqtisodiy tuzumning yashash sharoitlarining o’zgarishi va yangi 
amaliy faoliyat shakllarining vujudga kelishi bilan insonning bilish bilan bog’liq 
bo’lgan ruhiy jarayonlarida ham o’zgarish yuz beradi. Bunda ruhiy jarayonlarda 
qayta qurilish sodir bo’lib, avval mavjud bo’lmagan yangi ruhiy faoliyat turlari 
vujudga keladi. Mehnat jarayonida odam tashqi tabiatni o’zgartirib borib, shuning 
bilan bir davrda o’z tabiatini ham o’zgartiradi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling