Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV BOB MILLIY XARAKTER MUAMMOSI
Milliy psixologik qiyofa etnik psixologiyaning asosiy komponentlaridan
hisoblanib, milliy ong bilan birgalikda etnopsixologiyani tashqil qiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yaqingacha, "milliy psixologik qiyofa" va "milliy xarakter" terminlarini sinonim so’zlar sifatida ishlatib kelindi. Ma’lum darajada ular mazmun jihatidan va ruhiyatning asosiy xususiyatlariga taalluqligi bilan bir- biriga yaqin kelsa ham, lekin ular ayni bir tushuncha emas. Shunga qaramasdan ayrim mualliflar (Sh. Botirov, N. Jondildin, Klomidze), xorijdagi deyarli barcha mualliflar "milliy xarakter"ni millatning butun psixologik xususiyatlarini ifodalash uchun qo’llashadi. "Milliy psixologik qiyofa" "milliy xarakter"ga qaraganda kengroq tushuncha bo’lib, "milliy xarakter" uning tarkibiy qismiga kiradi. "Xarakter" maxsus termin sifatida ko’pincha, barqaror ruhiy xususiyatlar majmuasi sifatida tushuniladigan "milliy psixologik qiyofa"ga qaraganda torroqdir. Bundan tashqari milliy xarakter etnik psixologiyaning milliy psixologik qiyofaga qaraganda ancha harakatchan, o’zgaruvchan elementidir. Milliy xarakter asosan etnik birlikning millat sifatida shakllangan davrida vujudga kelgan bo’lsa, milliy psixologik qiyofa etnik birlikning barcha tarixiy bosqichlariga ham taalluqlidir. Tadqiqotchilar tomonidan milliy psixologik qiyofaning nafaqat tabiati va mohiyati tahlil qilinib, sharhlanib XIV BOB MILLIY XARAKTER MUAMMOSI 167 qolmasdan, shuningdek uning tuzilmasi (strukturasi) ham o’rganilib, bu haqida turlicha karashlar mavjud. Milliy psixologik qiyofaning ichki tizimi va tuzilmasi masalasi A.I.Goryacheva, S.M.Arutyunyan, A.Bagramov, S.M.Junusov, B.D. Parigin, F.N.Filatov va boshqa tadqiqotchilar asarlarida, ilmiy ishlarida atroflicha yoritilgan. Bu mualliflar milliy psixologik qiyofaning ijtimoiy hayotning real voqyealigi, millatning belgilaridan biri ekanligini tan olishda hamfikr bo’lsalar ham lekin uning strukturasini belgilashda turli-tuman qarashlarga egalar. A.I.Goryacheva fikricha, milliy psixologik qiyofa tizimiga milliy xarakter, odatlar, did, an’analar kiradi. Milliy psixologik qiyofa tizimining N.Sarsenbayev o’ziga xos ravishda talqin qilib beradi. Uning fikricha, milliy psixologik qiyofada o’zaro bog’langan va bir- birini taqozo etuvchi uchta tarkibiy qism mavjud. Bu tarkibiy qismga: a) milliy xarakter b) milliy milliy urf-odatlar v) milliy an’analar kiradi. Bizning fikrimizcha, milliy psixologik qiyofa, avvalo milliy xarakter, milliy urf- odat va an’analar, so’ngra milliy tuyg’ular va ancha barqaror bo’lgan milliy did (ta’b) kabi elementlarda to’la namoyon bo’ladi va milliy ong bilan birgalikda etnik psixologiyaning betakror va o’ziga xos xususiyatlarini tashkil etadi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling