Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
Nechog’lik sabot bor yovqur Shiroqda
Er yigit ov to’pga ko’ksin bosar jim. Rahimov g’animga tashlangan choqda Alpomish shiddatin payqamagan kim?! Mashhur yozuvchilar, bastakorlar va boshqa ijodkorlar xalq hayotini yaqindan bo’lganliklari uchun ham xalq hayotini tasvirlovchi ajoyib obrazlar yaratilgan. Zero, jahon madaniyatining nodir asarlari doimo o’z milliy zaminiga ega bo’ladi. Kimki Furqat va Oybek asarlarini chinakamligi o’rganar ekan, deb yozadi qozoqistonlik etnopsixolog N.Jondildin, so’zsiz u o’zbek xarakteriga, kim Abay va Auyezov asarlarini chuqur singdirsa qozoq xarakteriga duch keladi. Ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-geografik shart-sharoitlar dastlab kishilarning his- tuyg’ularida, ta’b va didlarida, fikr va xarakterlarida, ya’ni ularning milliy psixologik xususiyatlarida aks etib, undan keyin milliy madaniyatniig o’ziga xos xususiyatlarida shakllanib qoladi. Shuning uchun ham milliy madaniyatda shu xalqning tabiat go’zalliklarini qanday idrok etishi, ijtimoiy tartiblari, tarixiy taraqqiyotning turli davrlaridagi tuygu va istaklari, mushohada qilish usuli va xarakteri aks etadi. Bu xususiyaglar madaniyatda mustahkam o’rnashib, shu millatniig hozirgi vakillariga va kelajak avdoddarga ajdodlarniig ruhiy 196 xususiyatlari to’g’risidagi axborot sifatida doimo ta’sir etib turadi. Xorijlik etnopsixologlar u yoki bu millat va xalqning etnopsixologik xususiyatlarini o’rganishda, ayniqsa, badiiy adabiyotdan ko’p foydalanishgan. Zero, adabiyotda turli jihatlar, millat vakillarining xarakterlari tipik holatda, uni shakllantiruvchi hamma shart sharoitlarni ochib ko’rsatgan xolda tasvirlanadi. Amerikalik etnopsixologlar D.Makgrenp va A.Uyeynlar nemislar va amerikaliklarning etnopsixologik xususiyatlari Germaniya va AQSh da bir necha yillar davomida qo’yilib kelayotgan 45 ta mashhur pyesada qanday namoyon bo’lganligini o’rganishgan. Tekshirish yakunlarini taqqoslab, ajoyib natijalarga duch kelishgan. Pesalarning syujeti quyidagi mavzular: sevgi, ahloq, ideallarni yaratish, xokimiyat uchun kurash, maisabparastlik va huquqlarning qay darajada yoritilgan bo’lishligiga qarab o’rganilgan. Tekshirish yakunlari qo’yidagicha bo’lgan: 1. Ideallik, falsafiy va tarixiy mavzular nemis pesalarida Amerika pesalarisa qaraganda ko’proq yoritilgan; 2. Nemis pyesalaridagi qahramonlar jamiyatdan uzoqroq turishga harakat qilgan xolda, amerikaliklarning pyesalaridagi qahramonlar oddiy kishilar bo’lib ko’rinishga harakat qilishadi; 3. Amerika pyesalariga ayollar obrazi nemis pyesalaridagiga qaraganda ko’proq kiritilgan; 4. Amerika pyesalarida ahlokiy tendensiyalar, nemis pyesalarida ideal tendensiyalar xukmron bo’lgan; 5. Har ikkala mamlakat pyesalarida ham xalqning xokimiyatdan noroziligi kayfiyati xukm surgan. Har bir xalqda estetik idrok qilish va hissiy holatlarni kechirish o’ziga xos ravishda o’tadi. Agar o’zbek adabiyoti va san’atida asosan ko’m-ko’k vodiy va vohalar, serunum dalalar, dehqonchilikning asosi bo’lgan suv, paxtakor dehqonning mashaqqatli va oliyjanob mehnati kuylansa, qo’shni qozoq va qirg’iz san’atshunoslari bepoyon cho’l-adirlarning fusunkorligi, cho’pon va yilqichilarning mehnati, Oloy tog’larining go’zalligi to’g’risida kuylashadi. Chunki 197 har bir kishi uchun dunyoga kelgan kunidan boshlab, unga butun umr bo’yi hamrox bo’lib yurgan varsalar go’zal bo’lib ko’rinadi. Akademik A.P.Barannikov o’zining "Xind poyeziyasniing tasviriy usuli", deb nomlangan tadqiqotida, xind poyeziyasida turli hayvonlar, ayniqsa, sigir, fil, asalari kabilarling obrazlari ko’p uchrashligini ko’rsatadi. Ma’lumki, Xindistonda sigir mehr-muhabbatga loyiq hayvon sifatida e’zozlanadi. Eng go’zal ayollarni, xatto malikani ham maqtashganda sigirga taqlid qilishadi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling