Sotsial psixologiya Darslik
XVII BOB MILLIY ONG VA MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
XVII BOB
MILLIY ONG VA MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH. ETNIK ATTITYUD VA STERIOTIP 199 mondan qarindosh-urug’lar o’rtasida quda-andachilik qilish shaklida namoyon bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, kelib chiqiishi bir ota-onadan (bir asosdan) ekanligi haqidagi tasavvurlarni saqlash shaklida namoyon bo’ladi. Masalan, chorvachilik bilan shug’ullanuvchi xalqlar umumiy kelib chiqish birorta jonivor ( zoomorf) nomi bilan bog’lanadi. Buni biz atoqli qirgiz yozuvchisi Ch. Aytmatovning "Oq kema" qissasida keltirilgan qirgizlarning bosh Onasi -Shoxdor, Ona bug’u afsonasida ko’rishimiz mumkin. Etnik ongning eng muhim ijtimoiy vazifasi - odamning ma’lum etnik guruhga mansubligini anglash va his qilishini ta’minlashsir. Agar etnik psixologiyada etnik ong va etnik o’zini o’zi anglash kabi muhim komponent (unsur)lar bo’lmaganda edi, milliy urf odat va an’analar, milliy xarakter, milliy tuyg’ular va didning bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishi qiyinlashib qolgan bo’lardi. Milliy ong qotib qolgan narsa bo’lmay, xalqning tarixiy rivojlanishi jarayonida o’zgarib, yuqori bosqichga - milliy o’zini o’zi anglashga o’tadi. Milliy o’zini o’zi anglash millatning birligi va jipsligini ta’minlovchi, millat mavjudligining asosiy omillaridandir. Milliy o’zini o’zi anglashning taraqqiyot darajasi tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Bu ma’lum tarixiy davrlarda millatning ichki muammolariga e’tiborning kuchayishi, o’tmishga qiziqishning ortishi, o’zining og’ir iqtisodiy ahvoli sabablarini anglab etishga intilishi kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Milliy o’zini o’zi anglash millat hayotidagi murakkab va ziddiyatli jarayon bo’lib, uning rivojlanishiga jamiyat hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar bilan birga xalqaro hayotdagi voqyea va hodisalar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’zbekistonning Milliy mustaqillikka erishishi xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy aloqalari millat vakillari ongida katta o’zgarishlar bo’lishiga, milliy o’zini o’zi anglashning rivojlanishiga va boyishiga olib keldi. Milliy o’zini o’zi anglashda millat ziyolilari yetakchi rol o’ynaydilar. Ular o’z milliy tilida sa’at va adabiyotni rivojlantirish, milliy qadriyatlar uchun qayg’urish orqali milliy manfaat va g’oyalar uchun kurashib, umilliy o’zlikni rivojlanishiga xizmat qiladilar. Bu kurash, ayniqsa, milliy til, qadriyatlar kamsitilgan, milliy 200 manfaatlar xavf ostida qolgan paytlarda kuchayadi. Ayniqsa, mustaqillikning ostonasida jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv chog’ida yoshlar tarbiyasi va unda ziyolilarning rolini gapirib, muhtaram birinchi Prezidentimiz juda ibratli fikrni bayon etgan edilar: “Mana shu bebaho boyligimizni saqlab qolish, yoshlarimiz tarbiyasi uchun, ularning baxtli, to’kin, mazmunli hayoti uchun hech narsani ayamasligimiz kerak. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda ziyolilarmizning o’rni alohida ekanligini e’tiborga olish kerak” 16 . Milliy o’zini o’zi anglashda ma’lum subyektivizm mavjud bo’lib, u muayyan tarixiy va ijtimoiy davrlarda o’z yo’nalishini o’zgartirib turishi mumkin. Ba’zan bu yo’nalish o’z chegarasidan chiqib, “millatchilik", degan xavfli, xatarli holatni tug’diradiki, milliy o’zlikni boshqa etnik guruhlarga qarama - qarshi qo’yish, milliy mahdudlik kabi nomaqbul ko’rinishlarga aylanadi. Milliy mansublikni anglash bilan bog’liq xususiyatlar ancha barqaror bo’lib, doimo ijtimoiy-siyosiy, tarixiy o’zgarishlar ta’siriga berilmasligi yoki nisbatan kam berilishi mumkin. Shuning uchun bo’lsa kerak tarix taqazosi bilan o’z Vatanidan ajrab boshqa yurtlarga borib qolgani va u yerda uzoq vaqtlar davomida yashayotgan kam sonli millat vakillarida milliy ongning shakllanishi va saqlanishi o’ziga xos qonuniyatlar asosida kechadi. Ularning milliy tilii saqlash, milliy urf- odat va an’analarga rioya qilish imkoniyatlari, milliy qadriyatlar bilan bevosita aloqasi ma’lum darajada cheklangan bo’ladi. Bunday sharoitda har bir avlod vakilida etnik ong katta avlod tomonidan berilayotgan ma’lumotlar, oila a’zolari va yaqin karindoshlar o’rtasida so’zlashuv vositasi hisoblangan ona til, milliy qadriyatlar haqidagi bilimlar asosida vujudga keladi. Turli davrlarda uzoq ajnabiy yurtlarga borib qolgan millatdoshlarimizning hayoti bunga misol bo’la oladi. Xususan, Amerikada yashayotgan o’zbeklar bir-birlari bilan yaqin munosabatlarni saqlash, o’zaro suhbatlarni ona tilida olib borish, milliy taomlar tayyorlashga va yana eng muhimi o’zaro quda-andachilik qilishga harakat qiladilar. Umuman bir necha o’n va yuz yillar davomida ajnabiy yurtlarda yashayotgan 16 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент, 2011 – 141 б. 201 millatdoshlarimizning psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda o’rganish tadqiqotchiga muhim ma’lumotlar berishi mumkin. Etnik birlik kattarok va kuchliroq etnos qurshovida qolganda yoki tazyiqqa uchraganda, etnik ong an’anaviy moddiy va ma’naviy madaniyatning turli shakllariga (til, din, urf-odat, qadimiy qo’shiqlar, milliy kiyim va boshqalarga ta’sir ko’rsatib, etnik xususiyatlarni himoyalashga, saqlab qolishga yordam beradi. Shulardan ko’rinib turibdiki, etnik ong etnik jarayonlarning mahsuli bo’libgina qolmay, shuningdek etnik jarayonning ma’naviy sohasiga ta’sir etuvchi omil rolini o’ynaydi. Milliy ozodlik uchun ko’rashayotgan millatdagi milliy ong ezuvchi millatga nisbatan millatchilik ko’rinishida namoyon bo’lishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Zero, milliy o’zini o’zi anglashning dastlabki bosqichlarida o’z millatining tarixi, buyuk shaxslari bilan faxrlanish, uni ko’klarga ko’tarish, o’z ezuvchilari bo’lgan millatga qarama-qarshi qo’yish tarzida bo’ladi. Buni biz barcha milliy ozodlik harakatini boshidai kechirgan xalqlar tarixida ko’rishimiz mumkin. Xususan, XX asr boshlarida ijod qilgan Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon, A. Qodiriy, Avloniy kabi ijodkorlar faoliyati bunga misol bo’la oladi. 80-yillar oxiri sobiq Ittifoq atalmish imperiyaning qulashi arafasida buyuk bobomiz Amir Temur nomining tiklanishi, milliy bayroq misoli qo’lda ko’tarilishi, shu bayroq ostida millatni birlashtirish uchun harakat qilinishi bejiz emas edi. Buning uchun bobomiz, hayoti va faoliyati, kaxramonlikliklari haqida yozilgan kitoblar chop etila boshlandi. Tarixiy xaqiqat tiklanib, uning jahon tarixidagi o’rniga berilgan baxolar bilan millat tanishtirildi millatning egilgan sha’ni, g’ururi tiklana boshlandi. Alloma bobolarimiz Buxoriy, Yassaviy, Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Zamahxshariy kabilarning nomlarini xalqqa qaytarilishi, ular yaratgan asarlar va kitoblarning chop etilishi kabi jarayonlar millatning o’zini o’zi tanishini yuqoriroq bosqichga olib chiqdi. Afsuski, hozirga paytgacha fanda individda o’zining etnik birlikka mansubligini anglash, ya’ni etnik ong necha yoshdan vujudga kelishligi va bu jarayon qanday bosqichlarda o’tishligi aniqlanmagan. Shveysariyalik psixolog Jan Piaje ikki yuzga yaqin bolalarni muayyan vaqt davomida kuzatish va o’rganish 202 orqali ularda hech qanday millatchilik va milliy mansublikni anglash kabi bilim va xususiyatlar bo’lmasligini, ya’ni bolalar o’zlarining eng dastlabki rivojlanish bosqichlarida "internasional" bo’lishligi, etnik xususiyatlar va etnik ong keyinchaliq ma’lum ta’lim-tarbiya va ijtimoiy muhit orkali shakllanishini aniqlagan. Bizning fikrimizcha, bolalar o’zlarining u yoki bu etnik birlikka mansubliklarini, avvalo, ota-onalarining qaysi etnik birlikka mansubliklarini anglash orqali bilib oladilar. Ota-onalari turli millatga mansub bo’lgan bolalar ota- onalaridan birining millatini qabul qiladi. Bu esa shu oila yashayotgan mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, madaniy-maishiy kabi bir qancha vaziyatlarga bog’lik bo’ladi. Ko’pincha bunda etnik vaziyatlar, ota-ona mansub bo’lgan etnoslarning son nisbati ham muhim rol o’ynaydi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling