Sotsial psixologiya Darslik
Bob yuzasidan tayanch iboralar
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografiya
Bob yuzasidan tayanch iboralar Milliy ong, attityud, steriotip, etnik ong, millatning birligi, millatning jipsligi, milliy til, qadriyat, milliy ozodlik. Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Etnik taraqqiyotda milliy ongning shakllanishi? 2. Etnik ong nima? 3. Millat mavjudligining asosiy omillari nimalarga bog’liq? 204 4. Milliy o’zini o’zi anglash nimalar ta’sirida shaklanadi? 5. Milliy o’zini o’zi anglashda kimlar asosiy rolni o’ynaydi va qay tarzda? 6. Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o’rganish mumkin? 7. Olimlar etnik psixologiyaning asosiy muammolari sifatida nimalarni ko’rsatadilar? Bibliografiya 1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 172 b. 2. Вильгельм Вундт. Проблемы психологии народов - СПб., 2007 - 542 с. 3. Стефаненко Т. Этнопсихология. – Москва: Акад. проект, 1999 – С. 237 4. Аронсон Э. Психологические законы поведения человека в обществе.- СПб: Прайм-Еврознак, 2008 205 18.1. Etnosentrizm, etnik stereotiplar va madaniyat masalalari Yuqorida ta’kidlaganimizdek, biror bir xalq, millat va elatning mushtarakligini anglatish uchun etnopsixologiyada etnos iborasi ishlatiladi. Psixologlar ushbu iborani turli millat vakillari o’rtasidagi muayyan farqlarni tushuntirish maqsadida ishlatadilar. Millat yoki milliylik esa biror insonning u yoki bu millat vakili yoki muayyan mamlakatning vakili sifatidagi xususiyatlarini tavsiflash maqsadida qo’llaniladi. Mamlakatdagi yashovchi insonlar qaysi millat vakili bo’lishidan qat’iy nazar ushbu mamlakatdagi madaniyat va madaniy qadriyatlarning egalaridir. Turli millat va elat vakillari o’rtasidagi farqlarning mavjudligi fanda aniqlangan fakt. Mana shu farqlar mavjudligi o’z navbatida ba’zan muayyan muammolarni keltirib chiqaradi. Ya’ni, har bir millat vakili boshqa bir millat vakili bilan muloqot qilganda, yoki uning madaniyatini, milliy qadriyatlarini o’rganganda, ularga nazar solganda, tabiiy bir holat yuz beradi. O’zgalar madaniyatini baholash jarayonida o’zidagi qadriyatlar, o’z madaniy boyliklari, afzalliklari va bilgan narsalarini o’zgalarni tushunish uchun vosita sifatida ishlata boshlaydi. Masalan, konkret vaziyatda biror o’zga millat vakilining xulq atvorini tavsiflash uchun o’zimizning madaniyatimiz nuqtai nazaridan solishtirib baholaymiz. Shunday sharoitlarda biz ochig’i hamisha ham unga nisbatan xolis, obyektiv bo’la olmaymiz. Chunki uning madaniy qadriyatlarini bilmagan xolda o’zimizning bilganlarimizni unga qo’shib (yoki ayirib) fikr yuritamiz. Chunki baribir o’zimiznikini yaxshiroq bilamiz va o’zgalarni bilmasligimizni bo’ynimizga olgimiz kelmaydi. Shu tariqa etnopsixologiyada ishlatiladigan va o’rganiladigan “etnosentrizm” hodisasiga duch kelamiz. Olimlar etnosentrizmni “atrofdagilarning Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling