216
tomonidan aholining turli ehtiyojlari, orzu-istaklari,
maqsad-muddaolarini amalga
oshirishlariga imkon berish bilan bog’liq vazifalar.
Ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-
atvoriga e’tibor
berishdan tashqari, o’zining shaxsiy harakatlari va ularning
oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirilishi.
Ijtimoiylashuv yoki sosializasiya – shaxsning uni o’rab
turgan tashqi
ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o’zlashtirishga
moyilligi, o’zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayon.
Ijtimoiy-psixologik moslashuv – shaxsning
ijtimoiy munosabatlarga
ko’nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir
ko’rinishidir.
Ijtimoiy-psixologik eksperiment – bu ijtimoiy hodisalarni o’rganish.
maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o’rtasidagi maqsadga yo’naltirilgan
muloqot.
Impulsiv shaxs – hamisha
hissyotlarga beriluvchan, o’ylamay gapirish,
birovlarni dilini og’ritib qo’yish keyin esa afsuslanish unga xos toifadagi inson.
Intellektual lider – guruh a’zolari ichida eng bilag’oni, aql o’rgatuvchi,
topqir.
Intervyuirovaniye (intervyu, axborot olish) –
bu ijtimoiy psixologiya
metodi bo’lib, qo’yilgan savollarga berilgan javob tariqasidagi axborotlarni to’plash
usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: