Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

“Men” – obrazi-shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi 
mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz.  
Negativizm – individning har qanday sharoitda ham guruh fikriga qarshi 
turishi va o’zicha mustaqil fikr, mavqyeni namoyon qilishi. 
Abuliyaeng oddiy, osongina masalalar bo’yicha ham ma’lum qarorga 
kelish qobiliyati yo’qligida namoyon bo’ladigan o’ta irodasizlik. 
Animizm – (lotincha anima - jon) - ibtidoiy odamlarning atrofdagi narsa va 
hodisalar haqidagi fan taraqqiy etguncha bo’lgan tasavvurlari. Animistik 
tasavvurlarga ko’ra har bir narsaning o’z ruhi, o’z joni bor, tabiat quchlari va 
hodisalarini jonlantirishdan iborat diniy e’tiqod. Animizm o’rta osiyo xalklarida, 
ayniqsa, o’zbek, tojik, qirg’iz dindorlarida "pir" ma’nosida ishlatiladi. Shunga 
ko’ra har bir narsaning o’z "piri" bo’lgan. 
Anketa – oldindan tayerlangan savollar asosida javob olish uchun 
tayyorlangan varaka.
Autogen mashq – o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga 
asoslangan psixoterapevtik usul. 
Axborot orqali ta’sir ko’rsatish mexanizmi – asosli yoki asossiz, o’rinli 
yoki o’rinsiz axborot yetkazish orqali ommaning ongini boshqarish. 
Axborot urushi – bu gumanitar sohada bir ijtimoiy guruhning boshqa bir 
ijtimoiy guruh manfaatlaridan qat’iy nazar uni o’ziga tobe qilish, o’z qadriyatlariga 
ko’ndirishga qaratilgan uzoqni ko’zlagan siyosati. 


214 
Axborot xavfsizligiaslida jamiyatning obyektiv, xolis, haqqoniy axborot 
manbaiga ega bo’lishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar. 
Axborot xurujlaribu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga 
yo’naltirilgan ta’sir bo’lib, uning asl maqsadi o’sha shaxs, tashkilot va davlatning 
normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning 
g’arazli niyatlaridan kelib chiqadi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling