Sotsial psixologiya Darslik


Frikerlar (ingl. phreakers) – turli xil telekommunikasiya tizimlarida  qo’poruvchilik bilan shug’ullanadiganlar.  Xavfsizlik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Frikerlar (ingl. phreakers) – turli xil telekommunikasiya tizimlarida 
qo’poruvchilik bilan shug’ullanadiganlar. 
Xavfsizlik – bevosita shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, 
ekologik va biologik tizimlarida normal faoliyat yuritishini kafolatlovchi 
tushuncha. 


221 
Xakerlar (ingliz tilidan olingan: hackers) – kompyuterlar va axborot 
tizimlarini juda yaxshi biladigan odamlar. 
Xarakter — kishidagi barqaror psixikxususiyatlarning individual birligi 
bo’lib, bu shaxsning mehnatga, narsa va hodisalarga, boshqa kishilarga, atrof-
muhit va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadigan uning muayyan 
sharoitlaridagi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror, yakka psixik 
xususiyatlari yig’indisi. 
Hamkorlik – bu nizoni hal qilishning shunday usuliki, bunda ikkala 
tomonning shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib chiqaran muammodan ustun 
qo’yiladi. 
Shaxs va guruh o’rtasida sodir bo’ladigan nizolar – odatda bir shaxs 
qarashlari, xatti-harakatining u mansub bo’lgan yoki ishi tushgan guruhning 
normalari, xulq-atvor maromlariga zid kelishi, shaxs kutishlarining guruh 
normalaridan og’ishi. 
Shaxsiy munosabat – psixologiya qoidalaridan bo’lib, odamga shaxs 
tariqasida, uning voqyelikni aks ettiruvchi va barcha psixik hodisalarni belgilab 
beruvchi sistema ekanligini tushungan xolda yaqindan yondashish. 
Shaxslararo nizo – bir yoki bir necha konkret shaxslarning o’zaro yoki 
guruh doirasidagi ziddiyat. 
Shaxsning o’ziga aloqador bo’lgan ichki nizolar – asosan bir inson 
qalbidagi turli his-kechinmalar, istak-hoxishlar va motivlarning bir biriga zid 
kelishi, qarama-qarshi fikrlarning paydo bo’lishi oqibatida yuzaga keluvchi nizo. 
Egosentrizm – individualizm va egoizmning eng tuban turi.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling