218
borliqni bilish va uni qayta ko’rishga, moddiy va ma’naviy
boyliklarni yaratishga
yo’naltirilgan faolliyat.
Milliy mafkura – xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix
sinovlaridan o’tishda uning ruhini ko’tarib, suyanch va tayanch bo’ladi, shu millat,
shu jamiyat duch keladigan ko’plab hayotiy va ma’naviy
muammolarga javob
izlaydi.
Milliy xavfsizlik – bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot
va davlatchilikning
barqaror taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo’lgan har qanday
tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar
tizimi.
Motivasiya – odamni faollikka undovchi sabablar majmui.
Muloqot – odamlarning birgalikdagi faoliyatlari
ehtiyojlaridan kelib
chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga
kirishish jarayoni.
Muomala madaniyati – bu o’rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish san’ati va
ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyati.
Ochiqdan ochiq yuz beradigan nizolar –
odatda tortishib qolgan
shaxslarning to’g’ridan-to’g’ri, bevosita xatti-harakatlari tarzida namoyon
bo’ladigan nizo.
Proyeksiya – o’zidagi hissiyot va kechinmalarni tashqi obyektlarga
ko’chirish orqali paydo bo’lgan holatning sabablarini
tashqaridan qidirishga
moyillik.
Do'stlaringiz bilan baham: