Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Introspeksiya – kishining o’z-o’zini kuzatishi. 
Irodaviy lider – guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qat’iyatli, 
irodali.  
Ichki konformlilik – individning guruh fikriga to’lig’icha qo’shilish va 
ruhan qabul qilish. 
Ichki xavfsizlik – mamlakat doirasida inson konstuitusion xuquq va 
kafolatlariga aloqador bo’lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yo’l 
qo’ymaslikka bog’liq bo’lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning oldini 


217 
olish va ularnii vaqtida bartaraf etish, kelib chiqishi bo’yicha ijtimoiy, tabiiy, 
biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya qilish. 
Ishontirish – biror xulq namunasi yoki fikrga o’zgalarni deyarli ongsiz va 
tanqidsiz ergashishiga erishish. 
Kompromiss – bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning xulq-atvori 
va fikrlarini muhokama qilish yo’li bilan ikkala tomon uchun ham ma’qul bo’lgan 
yechimni qidirish. 
Konversiya – muloqotdagi qandaydir to’siqlar yoki baryerlarni olib tashlash 
uchun kutilmagan usullarni qo’llash, masalan, xavotirli informasiyani yumoristik 
mavzu bilan almashtirish yo’li.
Konflikt, nizo yoki ziddiyat – bu ayrim alohida olingan shaxs ongida, yoki 
shaxslararo muloqot jarayonida, guruh doirasida yoki guruhlararo o’zaro muloqot 
va ta’sir paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir-biriga to’g’ri 
kelmaydigan, qarama-qarshi fikr, qarash va pozisiyalarning to’qnashuvi. 
Konformizm – ( o’zbek tilida “moslanish” ma’nosini bildiradi), individning 
guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, hulq-atvor standartlarini qanchalik 
qabul qilish yoki qabul qilmasligi. 
Korrelyasiya – voqyelikdagi hodisalarning o’zaro bog’liqligi yoki 
eksperimentdan olingan ma’lumotlar va ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar 
me’yori. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling