Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Psixologik himoya – shaxs ichki kechinmalarini ifodalovchi shunday 
holatki, unda odam ichki ruhiy mu’tadillikni asrash uchun o’zidagi xavotirlanish, 
qo’rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan xalos bo’lishga intiladi. 
Psixologiya metodlari – psixik xodisalarni va ularning qonuniyatlarini 
ilmiy tomondan o’rganishning asosiy yo’l-yo’riq va usullari. 
Raqobat – odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun kelishi hisobiga 
boshqasining batamomo yengilishini nazarda tutadi. 


219 
Rasmiy guruh – har bir a’zolarning rasmiy rollarga ega ekanligi, ular 
mavqyeining va guruhda tutgan o’rnining aniqligi bilan xarakterlanadi. 
Rasionalizasiya – mulohaza va fikr yuritish orqali o’zida himoya 
instinktlarini paydo etish. 
Regidlik – (lot. Qotib qolgan) (psixologiyada) hulq-atvorning turlaridan biri
Regressiya – ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo’lib o’tgan qaysidir 
voqyelarga qaytish, ularning yaxshi va ma’qullarini yana xotirada tiklash va 
xulqda qaytarish orqali o’zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish. 
Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozisiyasidan turib, o’zini 
tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo’lib, 
o’ziga birovning ko’zi bilan qarashga intilish. 
Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning aniq bir hayotiy 
vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat harakatlari majmui.  
Stereotipizasiya – odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib 
o’rnashib qolgan, ko’nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish 
hollari. 
Stimul – reseptorlarda qo’zg’alishni vujudga keltiradigan tashqi ichki 
ta’sirdir. 
Sun’iy aql – bironta odam yoki bir gurux kishilar bajara oladigan murakkab 
aqliy funksiyalarni bajaradigan sun’iy yaratilgan qurilma. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling