220
Tekislash – bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud holatga
“ko’ndirish”, moslashtirish va shu yo’l bilan o’zining ham muayyan manfaatlarini
himoya qilish.
Test – standartlashtirilgan psixologik sinov bo’lib, buning natijasida u yoki bu
xildagi psixik jarayonni baxrlashga yoki shaxsni bir butunligicha o’rganishga
qaratilgan usul.
Test – qisqa sinov usuli.
Til – shaxslar o’rtasida aloqa vositasi bo’lib,
uning yordamida kishilar
bilgan ma’lumotlari, axborotlar, g’oyalarni bir-birlariga yetkazuvchi.
O’z-o’zini kuzatish – bunda subyektning o’z psixik holatlari bilan o’z xatti-
harakatlarini o’rganishdan iborat metod.
O’rgatuvchi yoki shakllantiruvchi eksperiment –psixologiya metodi bulib,
bu metod orqali shaxsda zaruriy psixik jarayon yoki sifatlar rejali ravishda shakllan-
tiriladi.
Ustanovka – subyektning
yaxlit bir dinamik holatini, uning qandaydir
faollik va harakatlarga tayyorligini bildiradi va asosan ikki omilning ta’sirida
nmoyon bo’ladi: subyektning ehtiyojlari va muayyan obyektiv vaziyatning holati.
Faoliyat – insongagina xos,
ong bilan boshqariladigan, ehtiyojlar tufayli
paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishiga,
uni qayta
ko’rishga yo’naltirilgan faolligi.
Freydizm – zamonaviy psixologiyaning oqimlardan biri. Unda inson
psixikasining asosiy harakatlantiruvchi kuchi ongsiz mayl (jinsiy mayl) deb
hisoblanadi. Bu oqim avstriyalik psixolog va psixiatr Zigmund Freyd nomi bilan
atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: