Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

18.2. Etnopsixologiyada 
Etnopsixologik 
xususiyatlarni 
o’rganishda 


209 
folklorning o’rni 
folklor ham ma’lum ahamiyat kasb etadi. 
Qadimiy afsona va rivoyatlarni xalq o’zining butun tarixiy taraqqiyoti 
davomida, turli ijtimoiy ukladlar davrida yaratadi. Shuning uchun xalqnishg bugun 
kechmishi, uning xohish-istaklari, kelajak bilan bog’liq buyuk orzulari, fikr-
tuygulari, axloqiy va ijtimoiy tushunchalari, yashash uchun olib borgan ko’p asrlik 
tajribalarini o’zida mujassamlashtirgan folklorni o’rganish shu xalqning psixologik 
qiyofasini vujudga kelishi yo’llarini tushunishga yordam beradi. Milliy madaniyat 
va milliy psixologiyaning xususiyatlari, uning ichki emosional tomonlari maqol va 
matallarda, o’hshatish va nutqda yaqqol namoyon bo’ladi. 
Har bir xalq o’zining o’tkir maqollariga, tasviriy iborasiga ega. Tildagi bu 
tasvirlilik bevosita xalqning hayoti va maishiy turmush tarzi, uning tarixi va tabiati 
bilan bog’liq bo’ladi. Bu yerda xalq borlikni o’ziga xos ravishda idrok etuvchi 
san’atkor sifatida namoyon bo’ladi. Maqol va matallar, xikmagli gaplar bir necha 
asrlar, necha avlodlarning aql-zakovat chig’irigidan o’tib sayqallangan xalq 
donoligidir. Ajdodlarimiz yaratgan xikmatli gaplar necha avlodlarning manaviy 
ehtiyojlarini qondirib kelgan. 
O’zbek xalqiga xos bo’lgan keksalarni hurmat qilish, mehmondo’stliq 
mehnatsevarlik kabi xususiyatlar ular yaratgan ko’pgina maqollarda o’z aksini 
topgan. Masalan, ota-ona va keksalarni hurmatlash to’g’risida yaratilgan maqollar: 
“Otalar so’zi- aqlning ko’zi”, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari 
bilmaydi”, “Yosh kelsa ishga, qari kelsa, oshga”, “Oltinniig eskisi bo’lmas, ota-
onaning bahosi” va shu kabi. 
Yoki mehmondo’stlikka doir maqollar va matallar ham ko’p: “Mehmon 
otangdek ulug’”, “Mehmon kelar eshikdai, rizqi kelar teshikdan”, “Mehmonga osh 
qo’y, ikki qulini bo’sh qo’y” , “Bug’doy noning bo’lmasin, bug’doy so’zing 
bo’lsin” va shu kabi. Mehnatsevarlikka doir: 
“Elga xizmat - oliy himmat; 
Ish ishtaha ochar, dangasa shundan qochar. 
Mehnat, mehnatning tagi - rohat; 
Yaxshidan bog’ qolar, yomondan dog’ qolar; 


210 
Oltin o’tda, odam mehnatda sinaladi. 
Milliy tuyg’ular, kayfiyat va temperament aynihsa, milliy raqslarda va 
musiqada yorqin namoyon bo’ladi. Ayni san’atning shu turlarida, ayrim 
tadqiqotchilar aytgan "qulga tushmas" va "anglash qiyii bo’lgan" etnopsixologik 
xususiyatlar "mana, men", deb ko’zga yaqqol tashlanadi. Zero, rus xalq kuyini xind 
musiqasdan, yoki o’zbek raqsini ukrain xalq raqsidan farqlash uchun san’at 
sohasida chuqur bilimga ega bo’lish shart emas. 
Etnopsixologik xususiyatlar xalq hayotiiing butun borlig’ida namoyon 
bo’libgina qolmasdan, shuningdek, shu millatga mansub bo’lgan shaxslarning 
kundaliq muomalasida, xatti-harakatlarida ham ma’lum darajada o’z ifodasini 
topadi. Chunki har bir inson bolasi ma’lum bir Vatan farzandi, shaxs sifatida 
muayam bir jamiyat mevasidir. Bizning dunyoni bilishdagi turli-tuman tasavvur va 
tushunchalarimiz ham shu jamiyatnipg va etnik muhitning bizga ko’rsatayotgan 
ta’siri ostida vujudga kelgan. Mana shu o’ziga xoslikni o’rganish va tushuntirib 
berish etnopsixologiya fanining asosiy vzzifalaridandir. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling