Sotsial psixologiya Darslik


Bob yuzasidan tayanch iboralar


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

 
Bob yuzasidan tayanch iboralar 
Urf-odat, an’ana, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehmondo’stlik, 
madaniy meros, 


187 
 
Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 
1. 
Milliy urf-odat, an’analar deganda nima tushunasiz? 
2. 
Milliy urf-odat va an’analar shaxsning hayotida qanday vazifani bajaradi? 
3. 
Yangi marosim, urf-odat va an’analarning vujudga kelishi nimalarga 
bog’liq?
4. 
Milliy urf-odat va an’analar o’zgarishi mumkinmi? 
5. 
O’zbek oilalaridagi milliy urf-odat va an’analar ta’rif bering? 
6. 
Qoloq urf-odat va an’analar nimalarda ifodalanadi?
Bibliografiya 
1. 
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat 
va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 172 b. 
2. 
Вильгельм Вундт. Проблемы психологии народов - СПб., 2007 - 542 с. 
3. 
Стефаненко Т. Этнопсихология. – Москва: Акад. проект, 1999 – С. 237 
4. 
Аронсон Э. Психологические законы поведения человека в обществе.- 
СПб: Прайм-Еврознак, 2008 


188 
 
16.1. Etnopsixologiyada milliy 
did tushunchasi talqini 
Idrok etilayotgan voqyealar va tashqi olamdagi 
narsalarni bilishdan vujudga keladigan hissiy-
ruhiy reaksiya turli xalqlarda o’ziga xos 
ravishda namoyon bo’ladi. 
Etnos yashayotgan turfa xil tabiiy sharoitlar - o’rmon, cho’l, dashtlik, tog’, 
suv havzalari, vodiy va vohalar, shuningdek tarixiy taraqqiyotdagi o’ziga xoslik 
xalqlarning borliq olamni, uning ne’matlarini, voyealar va hodisalarni idrok 
etishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Milliy did - bu xalq va millatning ko’pchilik vakillarida tarixiy jihatdan 
vujudga kelgan go’zallik va xunuklik to’g’risida beriladigan bahodir. Milliy did 
o’zida milliy o’ziga xoslikni mujassamlantirgan bo’lib, hissiy va ruhiy jihatdan 
milliy psixologik qiyofaning xarakterli xususiyatlaridan biri sifatida namoyon 
bo’ladi. Shuniig uchun ham uni xalq hayoti va turmushidan ajratib tushunib 
bo’lmaydi. Ma’lum milliy muhitda yashab va voyaga yetar ekan, har bir shaxsning 
ruhiy xususiyatlari millatning psixologik xususiyatlaridan "ko’chirma" oladi. 
Shaxs ajdodlar tomonidan to’plangan madaniy meroslarni o’zlashtirib boradi va 
uni o’rab turgan milliy zamin ta’siri ostida unda atrof-muhit, iqlim sharoitlari, 
nabotot va hayvonot olamini idrok etishga nisbatan maxsus did va his-tuyg’ular 
shakllanadi. 
Odam eng avvalo uni ilk bolalik davridanoq o’rab to’rgan, unga har kun, har 
soat sayin ta’sir etib turgan, uning amaliy maqsadlari va moddiy ehtiyojlarini 
qondiradigan narsalarning xususiyatlarini boshqa xalq vakillariga nisbatan 
chuqurroq idrok etishga o’rganadi. Shuniig uchun ham tabiat va jamiyatdaga biror 
narsa va hodisa bir millat va elat vakillarida kuchli xissiy-ruhiy reaksiyani 
keltirgan xolda, boshqa millat va elat vakillari uchun befarq bo’lib qolishi mumkin. 
Masalan, cho’l qozoq xalqi uchun bir necha yuz yillar mobaynida hayot kechirish 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling