Sotsial psixologiya Darslik
Milliy urf-odat, an’analar
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
15.1. Milliy urf-odat, an’analar etnopsixologiyaning o’rganish obyektari sifatida Ma’lumki, har bir individ shaxs sifatida shakllanar ekan, faqat o’zi yashab turgan davrdagi ijtimoiy munosabatlar tasiri ostida bo’lib qolmasdan, shuningdek, tarixiy tajribalar, ajdodlar tomonidan yaratilgan, to’plangan va avloddan-avlodga o’tib kelayotgan madaniy meroslar, milliy qadriyatlar ta’siri ostida ham shakllanadi. Bunda ayniqsa, har bir xalqqa xos bo’lgan milliy urf-odat va an’analarning roli kattadir. Shunday ekan, etnopsixologiyaning asosiy o’rganish obyektaridan bo’lgan urf-odat, an’ana, udum va turli marosimlarni atroflicha o’rganish, ularning vujudga kelishi, namoyoi bo’lishi, saqlanishi va o’zgaruvchanligi kabi qonuniyatlarini ochib berish ham nazariy, ham amaliy jihatdan ahamiyatga molikdir. Har bir davrning, har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-geografik sharoitiga mos bo’lib tushadigan va uni o’zida aks ettiradigan urf-odat va an’analalari bo’ladi. Odamzot ongli hayot kechira boshlagandan buyon vujudga kelgan urf-odatu marosimlar, udum va an’nalarni hisoblab chiqish qiyin. Milliy urf-odat va an’analarla butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, axloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o’ziga xos ravishda mujassamlangan bo’ladi. Ular xalqning faoliyati jarayonida namoyon bo’ladi. Har bir xalqning butun tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kishilar o’rtasidagi munosabatlarning ma’lum norma va yo’l-yo’riqlarini yaratiladi. Bunday norma va yo’l-yo’riqlar avloddan- avlodga o’tishi bilan takrorlanib, urf-odat va an’analarga aylanib qoladi. Milliy urf-odat va an’analar shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida shaxsning xulq-atvorlarini ijtimoiy jihatdan belgilovchi, shakllantiruvchi vazifalarni bajaradi. Qaysi bir urf-odat va an’anani, udum yoki marosimni ularning Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling