Intensiv bog’larda yetishtirilayotgan urug’li mevalarni saqlash usullarini o’rganish


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1455114
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu Menejment



“ 
” 
 ANDIJON QISHLOQ XO’JALIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR 
INSTITUTI 
 
“QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH VA 
QADOQLASH TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI  
 
 
QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH 
VA DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI, STANDARTLASHTIRISH, 
METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASH ASOSLARI 
FANI 
 
 
Ma’ruzachi: J.M.Ermakova 
tel.raqami: 998 93 449 93 49
 
ANDIJON – 2020 yil


1-mavzu: KIRISH. QISHLOQ XO’JALIK MAHSULOTLARINI 
SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNING AHAMIYATI, RIVOJLANISHI 
 
Reja: 
1. Kirish 
2. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash asoslari
3. Sabzavot va mevalarni qayta ishlash usullari 


KIRISH 

Inson qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol qila boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan 
shug’ullanib keladi. etishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan 
unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlarining asosiylaridan biri bo’lgan. Ko’chmanchi halqlar yig’ilgan 
meva urug’larni saqlash uchun maxsus erto’lalar ko’rishgan. Qabilalar o’troq bo’lib yashay boshlagan paytda 
ortiqcha mahsulotlarni saqlash, shuningdek zararkunandalardan asrashni o’rgana boshlashgan.

Mamlakatimizni turli hududlarida olib borilgan arxeologik qazilmalar qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash 
quldorlik tuzumi davridayoq amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Bu erlardan maxsulotlar saqlanadigan 
ko’za va boshqa idishlar topilgan. Markaziy Osiyo jumladan O’zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq 
xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga katta e’tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo bir 
kecha-kunduz davomida ham o’zgarishi mumkin. Go’sht, yog’, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez 
buziladi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. 

O’zbekistonda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlashning eng qadimgi usullaridan ko’mib yoki osib 
saqlash, mevalardan qoqi olish uchun quritish kabilar keng qo’llanilgan. Mahsulotlarni saqlash, qayta 
achitish, sabzavot, don, meva, go’sht, qazi va tuxumni erga ko’mib saqlash, poliz mahsulotlarini osib saqlash, 
turli meva, qovun, pamildoridan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayxon, jambil va qizil qalampirni 
quritish amalda keng qo’llanib kelingan. Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydiganlar hisoblanib, ular 
quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan kog’oz qutilarda saqlangan. Don va un asosan 
qoplarda, katta ko’za, xum yoki qutilarda saqlangan. 
 



Qishoq xo`jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu 
sababli ularni uzoq vaqt sadlash va dayta ishlashni tashkil qilmagan xolda 
aholini yil bo`yi turli maxsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib 
bo`lmaydi. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko`paygan sari 
ularni saqlash va qayta ishlash xam takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy 
omborxonalar qurilmoqda.

Xozirgi vaqtda mahsulotni uzod vaqt saqlashga imkon beradigan 
takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada ximiya, fizika, 
bioximiya, 
biotexnologiya, 
biofizika, 
fiziologiya, 
usimlikshunoslik, 
agroximiya, mikrobiologiya, mevachilik, qishloq xo`jalik maishinalari, 
fitopatologiya, entomologiya, o`simliklarni ximoya qilish va boshqa bir qator 
fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda.

Xozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan 
takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada ximiya, fizika, 
bioximiya, 
biotexnologiya, 
biofizika, 
fiziologiya, 
o`simlikshunoslik, 
agroximiya, mikrobiologiya, mevachilik, qishloq xo`jalik mashnalari
fitopatologiya, entomologiya, o`simliklarni ximoya qilish va boshqa bir dator 
fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda.



Qishloq xo`jalik mahsulotlarining sifatini bilish, standartlash 
sistemasi bilan tanishish, o`simlik maxsulotlarini saqlash va qayta 
ishlash texnologiyasini o`zlashtirilishi mahsulot sifatini oshiradi va 
nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi.

Qishloq xo`jalik mutaxassislari xo`jalikda yetishtiriladigan meva-
sabzavot maxsulotlarining sifatini to`gri aniqlay bilishlari, ularni 
davlatga topshirishdagi barcha jarayonlarni to`gri tushunishlari
saqlashda esa eng qulay va arzon usulni tanlashlari, o`z vaqtida va 
sifatli qayta ishlashlari lozim.

Ushbu fanni bizning oldimizga qo`ygan asosiy vazifalarni 
quyadigicha bo`lib:

1. Qishloq xo`jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash 
texnologiyasining nazariy asoslarini o`rganish, talabalarni qishloq 
xo`jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo`yicha kerakli 
bilim bilan qurollantirish;

2. Qishloq xo`jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlashning 
asosiy usullarini muntazam ravishda takomillashtirish, saqlash va 
qayta ishlashda bo`ladigan barcha jarayonlarni boshqarish
maxsulot sifatini yaxshilash, nobudgarchilikni imkoni boricha 
kamaytirish;

3. Qishlod xo`jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo`yicha 
ilmiy ish olib borishga qiziqish uyg`otish, xo`jaliklarda 
maxsulotlarni sa`lash va qayta ishlashning axvolini taxlil qilish, 
qulay hamda arzon mexanizatsiyalashgan usulni joriy etishni 
tashkil qilishdan iborat.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling