Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
Chapter XVIII
Ethno-psychological features in culture and influence of public culture on the nation 205 18.1. Ethnocentrism, ethnic stereotypes and cultural issues 205 18.2. The role of folklore in ethnopsychology 208 18.3. Ethnic attitudes 210 GLOSSARY 213 THE LIST OF THE USED LITERATURE 222 10 KIRISH Hozirda O’zbekiston xalqini ma’naviy jihatdan kamolga yetkazish, jamiyatda tolerantlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, xalqimizga xos bo’lgan qadriyatlarning qayta tiklash va rivoj toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan aniq va manzilli ishlar keng qamrovda amalga oshirilmoqda. O’z hayotida global tub o’zgartirishlarni boshdan kechirayotgan xalq muqarrar o’zining o’tmishdagi qadriyatlarini yana bir bor toshu taroziga solib ko’radi. Shu jihatdan olib qaraganda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlayotgan sotsiumga xos sotsial munosabatlar taraqqiyoti mohiyatan o’ta dolzarbdir. Milliy yuksalish davriga xos Oliy ta’lim tizimida mo’tadil ma’naviy- psixologik muhitning yaratilishi, talabalarni o’qish, ilmiy ish, ijtimoiy foydali faoliyatga yondashuvi, ularning jipsligi va jamoachilik xususiyatlarini takomillashuvi sosial psixologiyaning dolzarb muammolaridandir. Darslik bugungi kun talablaridan kelib chiqib yozilgan bo’lib, ikkita qismdan (ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya) iboratdir hamda u sport psixologiyasi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. “Sotsial psixologiya” darsligining “Ijtimoiy psixologiya” qismida shaxs taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan omil va jihatlar, jumladan, undagi fikrlash jarayonlari, insondagi fikrning mustaqilligi, tashqi ijtimoiy muhitga kirishib ketishi, jamiyat normalari va ijtimoiy rollarni o’zlashtirishi, guruhda (sport jamoasida) o’zini tutishi, professional yuksalishiga turtki bo’luvchi muhim omillar, ya’ni ma’naviyati, mafkurasi, axborot xavfsizligi, turli ijtimoiy guruhlardagi maqomi, shaxslararo munosabatlar va nizolar kabi qator masalalar yoritilgan. Shuningdek, uning “Etnopsixologiya” qismida milliy qadriyatlar, qolaversa, har bir xalqqa xos bo’lgan etnopsixologik xususiyatlarni bilish, milliy psixologik qiyofani, uning elementlari bo’lmish milliy xarakter, milliy urf-odat va an’analar, milliy g’oya, did, milliy ongning shakllanishi, namoyon bo’lishi kabi masalalar o’rin olgan. 11 Mazkur darslik mualliflarning ushbu yo’nalishda ilgari nashr ettirgan o’quv adabiyotlarining to’ldirilgan, takomillashtirilgan nusxasidir. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling