Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
Prof. V.M. Karimova
12 1 IJTIMOIY PSIXOLOGIYA 1.1. Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti va vazifalari Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u o’ta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning hosilasi ekanligi bilan e’tirof etilsa, ijtimoiy psixologiya o’z uslubiyati, predmeti va fanlar tizimida tutgan o’rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so’z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V.Makdugall o’zining “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa “Ijtimoiy psixologiya” deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta alohida fan – ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga ta’rif berildi. Ikkala muallif ham – biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog bo’lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uyg’unlikda o’rganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan. To’g’ri, mazkur mualliflarning har xil fan sohasining vakili ekanligi, ularning ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiatini yoritishga nisbatan o’ziga xos qarashlarining mavjudligi va bunday yondashuv to hozirgacha davom etayotganligiga asos bo’ldi. Rus olimasi G.M.Andreyeva ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi – psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi, – uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o’z Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling