Sotsial psixologiya Darslik


 Ijtimoiy psixologiyaning


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

1.2. Ijtimoiy psixologiyaning 
predmetiga oid yondashuvlar 
Ijtimoiy psixologiya XXI asrga kelib fanlar 
tizimida alohida o’ringa ega bo’lgan sohalardan 
biriga aylandi. 
Chunki sir emaski, insoniy munosabatlar, har bir faoliyat sohasida shaxslararo 
munosabat o’ziga xos dolzarblik kasb etib bormokda.
Ijtimoiy psixologiyaning fanlar olamida paydo bo’lishi tarixiga nazar tashlar 
ekanmiz, uning yuqorida ta’kidlanganidek, sotsiologiya va psixologiya fanlari 
oralig’ida “tug’ilishi” jarayonining o’zi bir nechta bosqichlarni o’z ichiga 
olganligini ta’kidlash joiz: 
1. 
Ijtimoiy-psixologik bilimlarning falsafa va umumiy psixologiya 
doirasida to’planishi (eramizdan avvalgi VI asrdan tortib toki yangi davrning XIX 
asrigacha bo’lgan vaqta). 
2. 
Ijtimoiy hayot sirlarini falsafa, sotsiologiya va umumiy psixologiya 
doirasida tushuntirish orqali mustaqil fanga aylanish davri (XIX asrning 50-60 


17 
yillaridan to XX asrning 20-chi yillarigacha). 
3. 
Ijtimoiy psixologiyaning mustaqil fan va amaliyot yo’nalishi sifatida 
to’la shakllanishi davri (XX asrning 20-chi yillaridan boshlab). 
Ijtimoiy psixologiyaning predmeti xususida ham tarixan uch xil yondashuv 
mavjud: 
Birinchi yondashuvga ko’ra, ijtimoiy psixologiya inson psixikasiga oid 
ommaviy hodisalarni o’rganadi. Ushbu yondashuv doirasida ayrim tadqiqotchilar 
sinflar psixologiyasini o’rganish zarur deb tan olishsa, boshqalar har qanday 
ijtimoiy uyushma yoki guruhga oid qonuniyatlarni, ularning an’analari, urf-
odatlariyu, rasm-rusmlarini o’rganish dolzarb ekanligini ta’kidlaganlar. Yana bir 
guruh tadqiqotchilar esa ijtimoiy psixologiya ko’pchilikka qarashli bo’lgan 
ijtimoiy fikrni yoki moda kabi ommaviylashib ketadigan jarayonlar sababini 
o’rganishni lozim, deb topadigan. Ularning fikrini rivojlantirib, ushbu 
yondashuvga hayrihox bo’lgan boshqa bir olimlar guruhi ijtimoiy psixologiyaning 
predmeti aslida jamoa psixologiyasini o’rganish ekanligini yoqlaydilar. Bu 
yondashuvning umumiy xulosasi shuki, ijtimoiy psixologiya mohiyatan aslida 
jamoa psixologiyasidir. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling