Sotsial psixologiya Darslik


Bob yuzasidan tayanch iboralar


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

 
Bob yuzasidan tayanch iboralar 
Muloqot, kommunikativ, interaktiv, perseptiv, yozma nutq, og’zaki nutq, 
monologik nutq, noverbal muloqot, identifikasiya, refleksiya, stereotipizasiya, 
kauzal atribusiya, konstruktiv, destruktiv, konflikt, nizo, ziddiyat.


79 
Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 
1. 
Psixologik ma’noda guruh deganda nima tushuniladi? 
2. 
Katta ijtimoiy guruhlarga kimlar kiradi? 
3. 
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlarni tushuntiring? 
4. 
Kishilar guruhi necha xil bo’ladi? 
5. 
Tabiiy guruhlarning o’zi kishilarning soniga qarab necha xil bo’ladi? 
Bibliografiya 
1. 
David G. Myers. Social Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, 
Michigan. – NY.: McGraw-Hill, 2010. – 609 p. 
2. 
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari 
bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 
2012. – 172 b. 
3. 
Майерс Д. Социальная психология. Интенсивный курс / Д. Маерс. – 4-е 
междунар. изд.. – СПб.: ПРАЙМ-ЕВРОЗНАК, 2007. – 510 с. 
4. 
Немов Р. С., Алтунина И. Р. Социалная психология: Краткий курс. – 
Спб.: Питер, 2009 – 208 с. 


80 
 
6.1. Kichik guruhlar va 
jamoalar psixologiyasi 
Bu sohadagi tadqiqot obyektlariga odamlarni 
guruhda 
va 
yakka 
holdagi 
xulq-atvorlarini 
o’rganish, kichik guruhlarning psixologik tuzilishi 
ularda ro’y beradigan dinamik jarayonlar (uyushqoqlik, o’zaro moslik va 
hokazolar); guruhlardagi peshqadamlik va boshqarish psixologiyasi; konformizm 
hodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar; 
guruhlardagi kishilar o’rtasida o’zaro muloqot, o’zaro bir-biriga ta’sir usullari, 
odamlarni samarali muloqotga o’rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining 
muhim vazifasi hisoblanadi. Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada 
eng yaxshi ishlangan va ko’plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan obyektlardandir. Bu 
an’ana Amerikada asrimiz boshida o’tkazilgan ko’plab eksperimental 
tadqiqotlardan boshlangan bo’lib, ularda olimlar oldiga qo’yilgan asosiy muammo 
shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara 
beradimi, boshqa odamlarning yonida bo’lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir 
ko’rsatadi kabi savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni 
ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o’zaro hamkorligi 
(interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo’lganligi faktining 
(koaksiya) ta’siri o’rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, boshqalar 
bilan 
hamkorlikda 
bo’lgan 
individ 
faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar 
sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday 
ma’lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis 
olimi A.Mayyor, rus olimi V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va 
boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy 
psixologiyada ijtimoiy fasilitasiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat 
ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo’lgan boshqa 
individlarning bevosita ta’siri bo’lib, bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling