Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Kognitiv komponent – bu ijtimoiy ustanovka obyektini anglash bilan 
bog’liq jihatlar; 
II. Affektiv komponent – bu obyektga nisbatan hissiy munosabatlar, uni 
emosional baholash, yoqtirish-yoqtirmaslik bilan bog’liq subyektiv holatlar; 
III. Xulq-atvor komponenti (yoki konativ) – obyektga nisbatan real xatti-
harakatni tushuntiruvchi jihatlar. 
Bu uchala komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga 
qarab u yoki bu komponentning roli ustunroq, sezilarliroq bo’lishi mumkin. Shuni 
ham ta’kidlash joizki, komponentlararo monandlik bo’lmasligi ham mumkin. 
Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va ichki tartib intizom bilan juda yaxshi 
tanish bo’lsalar-da, har doim ham unga rioya qilavermaydi. “Tasodifan dars 
qoldirish”, “jamoatchilik joylarida tartibni buzish” kabi holatlarda kognitiv va 
xulq-atvor komponentlarida uyg’unlik yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z 
va ish birligi prinsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. 
Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa va bu narsa 
bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi va bu ustanovkaga aylanib 
qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy me’yorlar va sanksiyalar 
vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo’lmasligiga yoshlarni 
o’rgatishimiz lozim. Bu shaxsning ijobiy tajribasi uchun real asosdir. 


102 
Ushbu fenomenga qiziqish bildirgan, uning psixologik mohiyatini ochgan 
olimlar keyinchalik 
uning 
ijtimoiy 
xulqni 
muvofiqlashtiriga qaratilgan 
“dispozisiyalar” nuqtai nazaridan o’rganganlar. Masalan, rus olimi V.A.Yadov 
insondagi turli ehtiyojlar va turli ijtimoiy vaziyatlarda namoyon bo’lishi muqarrar 
bo’lgan xulqqa oid bir necha jabhani o’z ichiga olgan dispozision nazariyani ilgari 
surgan. Uning fikricha, shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari va uni o’rab turgan ijtimoiy 
borliqdagi faoliyati o’zaro bog’liq bo’lib, ular quyidagi jabhalarda namoyon 
bo’ladi. 
Birinchi jabha – bevosita oilaviy sharoit bo’lib, unda insonning asosiy oddiy 
ehtiyojlari ilk yoshlikdan qondiriladi. 
Ikkinchi jabha – bevosita muloqot amalga oshiriladigan kontakt, kichik 
guruhlar bo’lib, individ bu muhitda o’zini namoyon etadi. 
Uchinchi jabha individ hayot-faoliyatini amalga oshiradigan kengroq ijtimoiy 
borliq bo’lib, unda u mehnat qiladi, dam oladi, maishiy muammolarini hal qiladi. 
To’rtinchi jabha shaxsni bevosita o’rab turgan milliy-madaniy borliq, undagi 
mafkuraviy i madaniy qadriyatlarning o’zlashtirilishi tufayli namoyon bo’ladigan 
xatti-harakat aktlarini qamrab oladi. Bu konkret geografik hudud, Vatan, yurti va 
undagi qadriyatlardir. 
Demak, yuqorida ajratilgan har bir jabhada inson o’ziga yarasha alohida 
ehtiyojlarini qondiradi va u mos ravishda muayyan ish-harakatlarga tayyor bo’ladi. 
Yadov yuqoridagi jabhalarga mos keladigan konkret vaziyatlarni va ularning 
individga ta’sir ko’rsatish darajalarini ham ajratadi. Masalan, birinchi, eng quyi 
bosqichdagi vaziyatlarda oddiy predmetli muloqot va tez o’zgaruvchan 
ehtiyojlarga aloqador holatlar namoyon bo’ladi. Ikkinchisida ko’proq guruh 
doirasidagi muloqot va undan orttirilgan tajriba nazarda tutiladi. Uchinchisida – 
nisbatan turg’un bo’lgan, xadeb o’zgarvermaydigan ish faoliyat turlari, maishiy 
ehtiyojlar, profossional sohalarda ko’zga tashlanadigan ijtimoiy xulq nazarda 
tutilgan. Nihoyat, to’rtinchi vaziyatlar bosqichi muayyan ijtimoiy, iqtisodiy, 
mafkuraviy vaziyatlarda ko’pchilikda shakllanadigan qadriyatlarning namoyon 
bo’lishini taqozo etadi. Muallif yuqoridagi jabhalar, vaziyatlar va ularning shaxs 


103 
individual va ijtimoiy tajribasida namoyon bo’lishini tushuntirish uchun ularga 
mos dispozisiyalarni farqlaydi: 
1) Dispozisiyalarning birinchi darajasi shaxsdagi elementar, oddiy 
ustanovkalarni tushuntirib beradi. Bu D.Uznadze sxemasiga mos keladigan 
predmetli vaziyatlarda namoyon bo’ladigan oddiy qayd etiladigan ustanovkalardir; 
2) dispozisiyalarning ikkinchi darajasi murakkabroq bo’lib, ular insonning 
bevosita kichik guruhlarda ro’y beradigan muloqoti, muomalasidan paydo bo’lgan 
ijtimoiy tajribasini tushuntiradi. Bu o’sha amerikaliklar ta’kidlagan attityuddir
3) dispozisiyalarning uchinchi darajasi shaxs umumiy dunyoqarashi, 
qiziqishlari asosida hosil bo’ladigan ijtimoiy faolligini o’z ichiga oladi va uning 
professional yo’nalishi, ish faoliyati, dam olishi, bo’sh vaqtini qanday 
o’tkazishlarida ko’rinadigan asosli ustanovkalarida namoyon bo’ldai; 
4) dispozisiyalarning to’rtinchi yuqori darajasi shaxsdagi mavjud qadriyatlar 
tizimi, turmush tarzi, yurti va Vatani taqdiriga, yurtdoshlaridagi qadriyatlar 
to’g’risidagi tasavvurlarga yaqin bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalari bo’lib, 
unda davrga, zamon va makonga aloqador tushunchalar aks etadi va ijtimoiy 
tajribaga asos bo’ladi.
Shunday qilib, taklif etilgan dispozisiyalar nazariyasi shaxsning turli 
vaziyatlardagi munosabatlar tizimining muvofiqlashtirish va uning sabablarini 
tushuntirishga imkon beradi. Ijtimoiy psixologiyada shu kabi turli darajadagi 
ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirish muammosi muhim bo’lib, bu masala maxsus 
tadqiqotlar va tarbiya vositalarining ishlab chiqilishini taqozo etadi.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling