Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot xavfsizligi
Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida inson konstuitusion xuquq va
kafolatlariga aloqador bo’lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yo’l qo’ymaslikka bog’liq bo’lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning oldini VIII BOB IJTIMOIY PSIXOLOGIYA VA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI 106 olish va ularnii vaqtida bartaraf etish, kelib chiqishi bo’yicha ijtimoiy, tabiiy, biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya qilishni nazarda tutadi. Oxirgi yillarda dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining keskin rivojlanib ketayotganligi, Internet tizimning barcha davlatlar, madaniy hududlar, barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi munosabati bilan xavfsizlikning o’ziga yana bir turi axborot xavfsizligi paydo bo’ldi. Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning obyektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo’lishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga yetib keladigan ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo’lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak.. Chunki mustaqil OAV aslida odamlarda sodir bo’layotgan turfa xil jarayonlarga nisbatan xolis fikrning shakllanishiga imkon berishi lozim. Lekin amaliyotda ming afsuski, har doim ham shunday bo’lavermaydi va jamiyat o’z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot xurujlaridan himoya qilishga majbur bo’ladi. Axborot xavfsizligining vazifalari: 1) shaxs va jamiyatning axborot qabul qilish va undan foydalanishga bo’lgan huquqini ta’minlash; 2) xolis axborotlar makonini ta’minlash (mustaqil OAV tizimini yaratish orqali); 3) informasion va telekommunikasion texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni bartaraf etish yo’li bilan ushbu yo’nalishda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan terroristik tahdidlar, jumladan, telefon orqali, kompyuter tizimi orqali ro’y beradigan xavflarni, shu orqali noqonuniy mablag’larning bir manbadan ikkinchisiga oqim ketishiga yo’l qo’ymaslik; 4) shaxsni, tashkilot va yaxlit jamiyatni axborot-psixologik tahdidlardan 107 himoya qilish; 5) imidjni shakllantirish, turli bo’hton, mish-mishlar va noo’rin xabarlarga qarshi kurashish. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling