Sotsial psixologiya Darslik
Informasion-psixologik xavfsizlik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot-psixologik qurol
8.2. Informasion-psixologik xavfsizlik
Informasion tahdid va uning psixologik mohiyati ko’plab siyosatchi- lar, psixologlar izlanishlarining predmetiga aylanib bormoqda. G.Pochepsovning ta’kidlashicha, axborot urushida eng avvalo psixologik qonuniyatlar inobatga olinadi. Axborot-psixologik qurol – bu yangi turdagi qurol bo’lib, u ommaviy axborot vositalari, kompyuter o’yinlari, Internet tizimi yordamida inson ongi orqali uning psixikasiga ta’sir ko’rsatishga mo’ljallangandir. “Axborot urushi” tushunchasi nisbatan yangi bo’lib, u o’ziga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy borliqning turli jabhalarini qamrab oladi. Uning asosiy ko’rinishlaridan biri – kompyuter viruslari va yangi texnologiyalarni o’g’irlash orqali ziyon yetkazishdir. Axborot urushining oqibatida avvalo tanlab olingan auditoriya (ko’pincha bu yoshlar auditoriyasi)ning bilimlari, ta’lim 110 tizimiga ta’sir ko’satilib, ularning an’anaviy madaniyatini qo’porib tashlashga urinish sodir bo’ladi. Bunday sharoitda odatda “hamma hammaga qarshi” bo’lib, mag’lub tomon odatda u yoki bu sohadagi ustuvor maqomini batamom yo’qotadi. Bunday qurolni ishlatishni bilgan bir xovuch g’arazli niyatli odamlar katta ijtimoiy guruhlarni yoki yaxlit mamlakatlarni o’ziga tobe qilishi, o’z axborot makonida saqlashi mumkin. Odatda qaysi mamlakatda axborot resurslari ko’p bo’lib, u yuqori texnologiyalar borasida ilgarilab ketgan bo’lsa, aynan shu davlatning axborot urushi komida qolish ehtimoli yuqori bo’ladi. Shu sababli ham dastlab axborot urushlari haqidagi axborotlar rivojlangan Yaponiya va AQShlarida qayd qilina boshlangan. Shunday qilib, axborot urushi – bu gumanitar sohada bir ijtimoiy guruhning boshqa bir ijtimoiy guruh manfaatlaridan qat’iy nazar uni o’ziga tobe qilish, o’z qadriyatlariga ko’ndirishga qaratilgan uzoqni ko’zlagan siyosatidir. Bunda asosiy qurol rolini cheksiz ma’lumotlar makonida faoliyat yurgizayotgan elektron OAV o’ynaydi. Axborot urushlari olib borishning uslullari ham turlicha bo’lib, uning asosiylari quyidagilardir: Axborot xurujlarining eng keng tarqalgan turiga avvalo reklamani kiritish mumkin. Chunki yaxshi ishlangan reklama – bu odamlarning ishonch va e’tiqodini juda tez o’zgartiradi. Ishonch va e’tiqodning o’zgarishi esa egasini dadil harakatlarga chorlaydi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling