Sotsial psixologiya Darslik
Amaliy ijtimoiy psixologiya va
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
9.1. Amaliy ijtimoiy psixologiya va
amaliyotchi shaxsi “Fan – amaliyotga!” degan tamoyil bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb masalaga aylangan. Chunki yoshlarni mustaqil davlatimiz ma’naviy negizlarini teran anglashga o’rgatish va ularni ma’rifatga chorlash jarayoni qator tatbiqiy vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ilmu-fan taraqqiyotining uzoq davriga nazar tashlasak, olimlar va tadqiqotchilar ko’proq nazariy masalalarni hal qilish, umumiy qonun-qoidalarni sharhlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyoti sabablarini yoritishga urinishlar ko’proq uchraydi. Bu holat pedagogika va psixologiya fanlariga ham tegishli bo’lib, ayniqsa, voqyea-hodisalarning ijtimoiy-psixologik tabiatini o’rganuvchi ijgimoiy psixologiya bundan istisno emas edi. Lekin bugun biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson tafakkuri rivojlanishini tezlashtiruvchi, uning davr va kishilar ruhiga hamohang tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tatbiqiy xususiyatli ishlar va ilmiy izlanishlar zarur. Zero, mamlakatimizda ro’y berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar aynan shuni talab qilmoqda. Bunda e’tiborga loyiq dolzarb muammolardan biri - yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Bu vazifani ado etishda ijtimoiy psixologiyaning o’rni va rolini aniqlash, tatbiqiy izlanishlarni amalga oshirish va ijtimoiy-psixologik amaliyot doirasida ushbu vazifani amalga oshirish yo’llarini topish uchun hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining asosiy tatbiqiy yo’nalishlarini belgilash maqsadga muvofiq. Hozirgi davrda ijtimoiy psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalarini doirasini ham kengaytirdi. Uning asosiy tatbiqiy-amaliy sohalariga sanoat Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling