Sotsial psixologiya Darslik


Bob yuzasidan tayanch iboralar


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Bob yuzasidan tayanch iboralar 
Etnopsixologiya, etnos, xalq, etnologiya, etnik guruh, til, diniy e’tiqodi, an’ana 
 
Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 
1. 
Etnopsixologiya faninig predmeti? 
2. 
"Etnopsixologiya" atamasi nima ma’noni anglatadi?? 
3. 
Etnik guruh tushunchasini ochib bering.?
4. 
Etnik guruhlar tarixiy rivojlanish jarayonida qanday belgilar va mezonlar 
asosida shakllangani? 
5. 
Etnopsixologiyani o’rganish obyekta nima? 
Bibliografiya 
1. 
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari 
bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 


137 
2012. – 172 b. 
2. 
Вильгельм Вундт. Проблемы психологии народов - СПб., 2007 - 542 с. 
3. 
Стефаненко Т. Этнопсихология. – Москва: Акад. проект, 1999 – С. 237 
4. 
Аронсон Э. Психологические законы поведения человека в обществе.- 
СПб: Прайм-Еврознак, 2008 


138 
 
11.1. Etnopsixologik tadqiqotlarning 
eramizdan oldin o’rganilish 
Boshqa xalqlarga, etnik guruhlarga xos 
bo’lgan ruhiy xususiyatlarni, qo’shni 
qabilalarning yashash tarzini o’rganishga 
bo’lgan qiziqish qadim vaqtlardayoq bir qancha amaliy ehtiyojlar, avvalo 
iqtisodiy, savdo-sotiq va harbiy maqsadlar natijasida vujudga kelgan. 
Antik davrlarda sayyoh va savdogarlar uzoq yurtlarga qilgan safarlardan 
qaytgach, xorijiy xalqlarniig yashash sharoitlari, urf-odatlari, odamlar o’rtasidagi 
munosabatlar, ularning kiyinishi, qanday ovqatlar tanovvul qilishi, bu 
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, hayvonot olami va boshqa narsalar haqida 
o’z vatandoshlariga ajoyib va g’aroyib narsalardek so’zlab berishgan. Qadimgi 
dunyo mutafakkirlari Aristotel, Gerodot, Gippokrat, Demokrit, Pifagor va 
boshqalar barcha ijtimoiy va psixologik hodisalarni tushuntirib berish uchun 
yagona bo’lgan umumiy tamoyillarni, nazariyalarni qidirib topishga, xususan, 
xalqlarning turli psixologik xususiyatlariga ega bo’lishining sabablarini tushuntirib 
berishga harakat qilganlar. Etnopsixologik xususiyatlarning vujudga kelishini ular 
asosan, tabiiy-geografik muhitning ta’siri bilan bog’lab tushuntirganlar. Masalan, 
qadimgi dunyoning buyuk mutafakkiri Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375) 
o’zining "Havo, suv va quruqlik", degan asarida xalqlarning turli ruhiy va jismoniy 
xususiyatlarni bevosita iqlim sharoiti bilan bog’lagan xolda tushuntirib berdi. 
Xalqlarning xarakter va temperament xususiyatlarinish vujudga kelishini ular 
iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar bilan bog’lab tu-shuntirishga ham urinishlari 
bo’lgan. Mashhur matematik va faylasuf Pifagorning (eramizdan avvalgi 570-500) 
tushuntirishiga qaraganda, xayvon go’shti va yog’ini ko’p iste’mol qilinishi, 
xalqlarda qattiqqo’llik va dag’allikni vujudga keltiradi. Aksincha, o’simlik 
mevalari va sabzavotlarni muttassil iste’mol qilinishi esa tana faoliyatini 
sustlashtirib, odamlar tabiatini muloyimlashtiradi. Antik dunyoning buyuk aql 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling