Sotsial psixologiya Darslik
X BOB ETNOPSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etnopsixologiya
X BOB
ETNOPSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI 134 hollari kuzatilganki, bu tabiy turli noroziliklarning tug’ilishiga sabab bo’lgan. Shuning bilan birgalikda xalqlarning voqyelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar o’rtasidagi munosabatlardagi o’ziga xosligini hisobga olmaslik, etnik o’ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga olmaslik mumkin emasligini tan olmas edilar. Shu bois ham etnopsixologiya fan sifatida rivojlanmadi, xattoki, sobiq sho’rolar davrida bu fan psixolog kadrlar tayyorlovchi fakultetlarning o’quv rejasiga ham kiritilmadi. Ijtimoiy psixologiyaning o’rganishi mumkin bo’lgan mavzusi sifatida qisqa ma’ruzalar tarzida psixologiya fakultetlarida nomiga o’qitildi xolos. Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmog’iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o’rganadi. "Etnopsixologiya" atamasi “etnologiya” va “psixologiya” tushunchalarining qo’shilishidan tarkib topgan bo’lib, grekcha "etnos" - xalq, qabila, "psixologiya"- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi. Bu fan malum millat va etnik birlik vakillarining o’ziga xos ruhiy qiyofasi, xulq-atvorini, zamonaviy tilga ataladigan bo’lsa "mentalitetini" o’rganadi. Har bir xalqka xos bo’lgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy tuyg’ular va did (ta’b), etnik ong va milliy o’zini o’zi anglashning vujudga kelishi, namoyon bilishi, o’zgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyaning o’rganish predmeti hisoblanadi. O’z navbatida shuni ta’kidlash o’rinliki, o’z navbatida etnopsixologiya ijtimoiy psixologiyaning tadbiqiy yo’nalishi hisoblanadi. Etnopsixologiyaga yaqin bo’lgan fan tarmog’idan biri – bu etnografiya bo’lib, ayrim alohida olingan madaniyatlarning xususiyatlarini bir-biriga qiyoslab, solishtirib o’rganadi. Shu ma’noda etnopsixologiya turli etnoslarga mansub kishilar guruhidagi murakkab munosabatlarni o’rganuvchi va ularni tartibga solishga ixtisoslashgan fan tarmog’idir. Shu kabi va boshqa ommaviy psixologik jarayonlarning shaxs ijtimoiy xulq-atvoriga ta’sirini o’rganuvchi ijtimoiy psixologiya va uning xususiy tarmog’i bo’lgan etnopsixologiya ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarni bilishda va ularni boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega. 135 Xar bir xalqka xos bo’lgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy tuyg’ular va did (ta’b), etnik ong va milliy o’zini o’zi anglashni vujudga kelishi, namoyon bilishi, o’zgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyani o’rganish obyekta hisoblanadi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling