139
egasi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y), xaddan
ortiqcha issiq yoki sovuq
iqlim sharoitida yashaydigan xalqlar qattiqqo’l, shavqatsiz bo’lishadi, degan fikrga
ishongan.
Buyuk bobomiz A.R.Beruniy "Osori boqiya" (Abadiy qadriyatlar) asarida
turli xalqlar: qadimgi greklar,
eroniylar, so’g’dlar, xorazmliklar, xristianlar va
dinlar:
yahudiylar, musulmonlarning ruhiy xususiyatlari va ularning yeralarini
boshlanish sabablarini ko’rsatib bergan. U bu xalqlariing ma’lum davrlar ish
vaqtlarga to’g’ri
kelgan mashhur bayramlari, xotira kunlari hamda bir xalqli
ikkinchisidan farqlantiradigan urf-odatlari, turli xalqlar qo’llayotgan
yil hisoblash
usullari, oy va yillarning farqi kabi masalalarni bayon qilib bergan.
Turli xalqlarga xos xususiyatlarni o’rganish uchun Beruniy o’ziga xos ilmiy
metod yaratadi. Shuning uchun, deb ko’rsatadi u, qadimgi
xalqlar rivoyatlarini
hamda o’tmish avlodlar to’g’risidagi ma’lumotlarni bilishi lozim. Shuning uchun
"Muqaddas kitob"larga amal qiluvchi xalqlar, muayyan
aqidalarga rioya etuvchi
dinlar, mazhablarga e’tiqod qo’yganlar izidan borishga to’g’ri kelishligini
ko’rsatadi. Bunda ularning turli qarashlari asos qilib olinadi va isbot qilish
maqsadida keltirilgan so’z, fikrlarni va faktlarni bir-biri bilan solishtirib ko’rish
lozim. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlarni, ularga qo’shilib ketgan afsonalardan
tozalash kerak bo’ladi, deydi.
Beruniy o’zining mashhur "Xindiston" asarida xalqlarning
dini va tafakkur
qilish xususiyatlari, diniy va dunyoviy hayoti bilan bog’liq bo’lgan urf-odatlari,
ularning xudolarga ishonishlari, materiya va shakl, jonning ko’chib yurishi, do’zax
va jannat haqidagi tasavvurlari bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: