Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

10.2. Etnik guruh – 
etnopsixologiyaning obyekti 
sifatida 
Etnik guruh – bu umumiy madaniy an’analar, 
o’hshash va takrorlanadigan urf-odatlar va 
udumlar, milliy qadriyatlar asnosida birlashgan 
insonlar guruhidir. 
Dastlab ushbu atama biologik jihatdan bir-birlariga bog’liq bo’lgan insonlarga 
nisbatan qo’llanilgan bo’lsa, bora-bora uning mazmun va mohiyati kengayib 
borgan. Birgalikda va deyarli bir xil hayot va turmush tarziga ega bo’lgan insonlar 
guruhining qadriyatlar va an’analar mushtarakligi nuqtai nazaridan birlashishi 
etnik guruhni tashkil qilgan. Shunday qilib, etnik guruhlar tarixiy rivojlanish 
jarayonida quyidagi belgilar va mezonlar asosida shakllangan: 
a) tarixi va an’analari; 
b) tili; 
v) geografik joylashuvi; 
d) irqining ijtimoiy kelib chiqishi; 
ye) diniy e’tiqodi va b.q.
Odatda bu atama katta ijtimoiy guruh tarkibida kichikroq guruhga nisbatan 
ishlatiladi (masalan, o’zbeklar orasida qoraqalpoqlarning etnik guruhi). Lekin 
ayrim olimlar etnik guruh deganda aynan mamlakatdagi eng katta etnik guruhni 
(bizning misolimizda - o’zbeklar) nazarda tutadilar. Odatda etnik guruhlar 
amatamasi irqqa nisbatan ishlatilmaydi. 
Hozirgi globallashuv jarayonlari keskin tus olgan, ommaviy axborot 
vositalari, Internet tarmoqlari orqali shaxsning keng axborot oqimiga qo’shilishi 
imkoniyati 
kengaygan 
bir 
sharoitda 
uning 
mafkuraviy 
immunitetini 
mustahkamlash, chiniqtirish, axborotlarga nisbatan tanlovchan munosabatni 
tarbiyalash o’ta muhim va murakkab masalaki, uni samarali yechish ham turli 


136 
millat va elat vakillari, omma va alohida olingan shaxs psixologiyasini bilishni, 
jamiyat va shaxs o’zaro munosabatlaridagi nozik jihatlarni o’rganishni talab qiladi.
Ayni davrga kelib hamdo’stlik mamlakatlari xududida har bir sobiq 
respublikalar alohida, mustaqil davlat maqomini olgan, lekin boshqa tomondan 
qaraganda, hamdo’stlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o’rtasida muttasil 
aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida 
avvalgidan ham muhim masala sifatida qo’yilmoqda. Shuning uchun ham katta 
guruhlar ichida etnik, milliy guruhlarga ko’proq e’tibor berishni lozim topdik, 
bunday e’tiborning yana bir boisi – O’zbekistonda bu sohada nisbatan 
tadqiqotlarning ko’proq o’tkazilganligi, lekin ular ko’p hollarda milliy psixologiya 
darajasiga olib chiqilmaganligidandir. Chunki oxirgi yillarda O’zbekistonda olib 
borilayotgan kshpgina ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda u yoki bu masala yoki 
muammoning etnopsixologik xususiyatlarini aniqlash urf bo’ldi. Bunday tarzda 
qo’yilayotgan masala to’g’ri va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega, lekin muammoni 
o’rganish uchun avvalo etnopsixologiyaning fan sifatida o’ziga xosligi bilish zarur, 
deb hisoblaymiz. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling