Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

G’.B.Shoumarov, N.Sog’inov, F.Akramova, N.Salayeva, 
M.Salayeva, 
X.Karimov, 
M.Rasuleva, 
O.Musurmonova, 
D.Xoliqov, 
G.Yadgarova, G.Xomidova, A.Minavvarov, N.Lutfullayeva, M.Umarova va 
boshqalar). Oilaga nisbatan ilmiy qiziqishning sabablari, eng avvalo, bu 
obyektning “naqdligi” bo’lsa, ikkinchidan, keyingi yillarda respublikada 
ajralishlar sonini kamaytirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar ko’lamining 
ortib borayotganligi, tug’ilish va nikohlar sonining ortib borayotganligi, notinch 
va “muammoli” oilalarning mavjudligi, oila institutiga yoshlar munosabatining 


127 
o’zgarayotganligi va hokazo. 
Xalqimizda oila muqaddas dargoh hisoblanadi. Umuman olganda, bizning 
hududimizda 
ham 
oila-nikoh 
munosabatlarida 
muayyan 
o’zgarishlar 
kuzatilmoqdaki, ular bu sohadagi tatbiqiy ishlarni jadallashtirishni taqozo 
etadi. Bu boradagi o’zgarishlarga: 
1. 
oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o’zgarib borishi; 
2. 
oilaning kichrayishi va unda tug’ilishning kamayishi, murakkab ko’p 
avlodli tarkibdan kam avlodli oilalarga aylanayotganligi; 
3. 
oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalari va oilaviy rollar 
haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o’zgarib borayotganligi; 
4. 
iqtisodiy masalalarni mustaqil hal etishda oila a’zolari ulushining 
o’zgarishi va bu holatlarning oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarga ta’siri; 
5. 
ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o’zgarishi va boshqalar. 
Yuqorida ta’kidlangan sohalar O’zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda 
ishlanishi zarur muammolar bo’lib, ularning yechimiga ko’ra oilani 
mustahkamlash, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkakning mehnatga (ijtimoiy 
foydali mehnatga) munosabati yuzasidan olimlar o’z fikrlarini aytishlari joiz. 
Ikkinchi tomondan, demokratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida 
ta’qiqlanib kelingan qadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib 
kelishi oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir ko’rsatmoqdaki, ko’pchilikda 
“endi ayol kishi an’anaviy o’z o’rnini egallarmikin?” degan tasavvurlar paydo 
bo’lmoqda. Ammo hozirgi rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-qizlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Shuning uchun ham psixologik ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana 
shunday qarama-qarshiliklarniig, stereotipli bid’atlarning, gender sohasidagi 
ayrim muammolarning oldini olishga yordam ko’rsatishi mumkin. Shaharlarda 
va yirik aholi punktlarida “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari” qoshida tashkil 
etilayotgan “Yosh oila” sho’balari, “Krizis markazlari”, “Oila xizmati”, “Oila 
Markazlari”, “Salomatlik markazlari” ishlarini takomillashtirish zarurki, ular bir 
tomondan, oila va nikoh borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq qilib, ularni 


128 
hayotga 
tatbiq 
etsa, 
ikkinchi 
tomondan, 
yoshlarga, 
hali 
turmush 
qurmaganlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmat ko’rsatadi. 
Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tatbiqiy tarmoq – bu yoshlarni 
oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning o’lkamizda alohida ahamiyatga 
ega bo’lib, mustaqillik yillarida oila va nikoh yuksak qadriyat sifatida uni 
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hukumat darajasida ustuvor siyosatga aylantirilgan. 
O’smirlik va o’spirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, ya’ni 
shaxslarning bir-birlariga emosional bog’lanishlari – do’stlik, sevgi hislarini 
tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlarni yaratish O’rta Osiyo 
hududida yangi va kelajagi porloq sohadir. Shu ishlarni amalga oshirishda 
maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy psixologlar hamkorlikda faoliyat 
ko’rsatsalar xulosalar va natijalarni hayotga tatbiq etsa bo’ladi. 
Amaliy psixologning bu boradagi asosiy vazifasi shuki, ijtimoiy 
psixologiyaning faol metodlaridan omilkorona foydalangan holda yoshlarni 
oilaviy munosabatlarga tayyorlash, oilalarda shaxslararo moslikni shakllantirish, 
oilaviy ziddiyatlar yechimini topishda odamlarga yordam berish, turli treninglar 
o’tkazish va ularning samarasi orqali insonlarda ishonch hissini tarkib 
toptirishdir. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling