Sotsial psixologiya Darslik
IX BOB IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING AMALIY-TATBIQIY SOHALARI
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maslahatchi
IX BOB
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING AMALIY-TATBIQIY SOHALARI. IJTIMOIY PSIXOLOGIK XIZMAT. 122 ijtimoiy psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, oila va nikoh borasidagi ijtimoiy-psixologik ishlar, siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzarlikning oldini olish ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari borasidagi amaliy vazifalar kiradi. Barcha amaliy sohalarga xos umumiy xususiyatlar mavjudki, ularga: a) ularning bevosita jamiyat talab-ehtiyojiga ko’ra tashkil etilishi; b) tatbiqiy ishlar “tili”ning mavjudligi muammosi, ya’ni, professional til(jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg’unlik masalasi; v) amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish; g) shartnomalarga mos tarzda buyurtmalarlarni o’z muddati va bosqichlarda bajarish majburiyati; d) samaradorlik mezonlarining o’ziga xosligi, ya’ni, bajarilgan ishga qarab samaradorlikni baholash; ye) “nazariyotchi” bilan “amaliyotchi” rollarining aniq farqlanishi muammolari kiradi. Amaliy ijtimoiy psixologiya to’g’risida gap ketganda, ko’pincha, “ijtimoiy- psixologik aralashuv” tushunchasi o’rtaga tushadi va tabiiy, bunday amaliyotchining ijtimoiy jarayonga aralashuvi nimalarda ko’rinadi, degan savol paydo bo’ladi. a) individning o’zgarishi strategiyasida, ya’ni o’sha tashkilotdagi o’ziga xos shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta’sir qilinadi; b) texnologik tizim o’zgaradi, ya’ni ma’lum tashkilot yoki muassasaning tuzilishida o’zgarish ro’y beradi; v) ma’lum tipli ma’lumotlarga bog’liqlik, ya’ni, ma’lumotlarning tashkilot ichida yoki uning atrofida to’planganligiga bog’liq holda natijalarning turlicha qiymatga ega bo’lishi mumkin; g) ataylab o’tkazilgan tadbirlar ta’sirida korxona taraqqiyoti o’zgarishi mumkin, masalan, rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash sifati, qarorlar qabul qilish va hokazo. Amaliyotda faoliyat ko’rsatayotgan psixolog joylarda uch asosiy 123 funksiyani bajaradi: 1) Ekspert sifatida, ya’ni, bu shunday shaxski, u kliyent yoki mijoz tomonidan taklif qilinadi. Ular birgalikda biror ijtimoiy-psixologik vaziyatni tahlil qilishadi, xulosalar natijasida yangiliklar kiritishadi, ziddiyatli yoki janjalli vaziyatlarda maqsadga muvofiq to’g’ri xulq shaklini taklif etishadi. Demak, ekspert ishining oqibati - xulosa chiqarib, so’ng tavsiyalar berishdir. 2) Maslahatchi – ekspertdan farqli, mijoz tomonidan bir martalik emas, balki bir necha marta ayni muammo bo’yicha maslahat berish va xulosalar chiqarish uchun taklif etiladi. Uning aralashuvi bevosita bo’lib, faoliyati oqibatida biror shaxs yoki yaxlit jamoaga yordam ko’rsatiladi, yangi loyihalar qabul qilinadi. 3. O’rgatuvchi – odatda buyurtma asosida joylarda o’quvlar, kurslar tashkil qiladi. Uning asosiy vositasi ijtimoiy-psixologik trening va uning turli ko’rinishlari bo’lib, oqibati - ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o’rgatishdir. Yurtimizda ma’naviyag sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o’z xalqining madaniyati, Vatanining o’tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to’g’ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo’ladi va bu – ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Aks holda, olam siru asrorlarini chuqur bilgan, qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarni avval o’z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo’naltira olmasa, uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz, xudbin shaxs sifatida baholanadi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling