Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

9.2. Amaliy ijtimoiy 
psixologiyaning tatbiqiy 
sohalari 
Tabiiy, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida 
ilmu-fan 
yutuqlarining 
amaliyotga 
tatbiq 
etiladigan sohalaridan eng muhimi - bu ishlab 
chiqarish va sanoat sohasidir. 
Zero, har qanday ishlab chiqarish muammosining ijtimoiy-psixologik 
jabhasini aniqlash kun tartibidagi asosiy masalalardan biri ekanligi hech kimga 
sir emas. Chunki yangicha bozor munosabatlarini hayotda amalga oshiruvchilar 


124 
alohida shaxslar bo’lib, ularning individual hamda guruhiy ustanovkalari, 
faolliklari, mehnatga munosabatlari, hissiyotlari yetakchi rol o’ynaydi. 
Korxonalarning mustaqilligi, xususiy mulkchilikning turli shakllari hayotga 
shiddat bilan kirib kelayotgan bugungi kunda ham odamlar o’zaro guruh bo’lib 
mehnat faoliyatini amalga oshirar ekanlar, ular uchun o’sha guruhdagi ijtimoiy-
psixologik muhitning qandayligi, bevosita rahbarning obro’si, norasmiy 
liderlarning ishga va shaxslararo munosabatlarga ta’siri muhim masala bo’lib 
qolaveradi va ularning xususiyati ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita 
ta’sir ko’rsataveradi.
Yangicha bozor iqgisodiyoti munosabatlari sharoitida rahbarlar oldida 
turgan yana bir muhim masala shuki, ular avvalgidan ham bilimdonroq bo’lib, 
o’z bilimlarini ko’proq har bir shaxsning individual psixologik layoqatlari va 
qobiliyatlari, ishga nisbatan munosabatlariga binoan ularni taqdirlashlari
mehnatga jalb etishning turli-tuman shakllarini tatbiq etishlari zarur. Xodimni 
yoki ishchini shaxsan o’rganib, faoliyatini munosib taqdirlash esa (xoh moddiy, 
xoh ma’naviy taqdirlashdan qat’iy nazar) uning qisman testolog bo’lishini, 
psixologiya fanining ommabop usullarini qo’llagan holda ish yuritishini talab 
qiladi. Ishni tashkil etish, guruhlarni shakllantirishda ham ularning o’ziga xos 
qonuniyatlarini bilishi, odamlar soni va salohiyati masalasida ijtimoiy-
psixologik bilimga ega bo’lishi shart. 
Hozirgacha sanoat ijtimoiy psixologiyasi yo’nalishida qilingan aksariyat 
ishlar shu soha birlashmalaridagi alohida ishlab chiqarish guruhlarida ijgimoiy-
psixologik muhitni o’rganishga qaratilgan bo’lib, tadqiqot mobaynida 
ishlab chiqarish samaradorligi, ishchilarning mehnatga munosabatlari, 
guruhdagi qonun-qoidalarga bo’ysunishlari va hokazolar bilan bog’liqligi 
tekshirilgan. Ayniqsa, ko’p tadqiqotlarda ana shu psixologik fenomenning 
rahbarlikka ta’siri, norasmiy liderlarning xususiyatlariga bog’liqligi masalalari 
to’liq tadqiq etilgan. Lekin shu yo’nalishdagi tadqiqotlar hozirgi iqtisodiy 
munosabatlar sharoitida o’tkazilgani yo’q. Shuning uchun ham yaqin kelajakda 
ijtimoiy psixologlar tomonidan sanoat korxonalarida o’tkazilishi mumkin 


125 
bo’lgan tadqiqot tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. 
jamoa a’zolari o’rtasidagi vertikal munosabatlarni o’rganish 
(rahbarlik masalalari, rahbarning jamoa a’zolari tomonidan idrok qilinishi va 
aksincha; har bir a’zoning rahbarlikda ishtiroki, undan qoniqishi va 
boshqalar); 
2. 
jamoa a’zolari o’rtasidagi gorizantal munosabatlar, ya’ni jamoaning 
uyushganligi, shaxslararo munosabatlarning o’ziga xosligi, ziddiyatlar va 
ularning tiplari, ularning oldini olish choralari; 
3. 
mehnatga munosabat, undan jamoa a’zolarining qanchalik 
qoniqishlari va uning mehnat unumdorligiga ta’siri, faoliyat motivlari, amalga 
oshirilayotgan faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy-foydali jihatlarini qay darajada 
tasavvur qilishi; 
4. 
mehnat jamoalari rahbarlarining malakasini oshirish, jumladan, 
ularning professiogrammasi va psixogrammalari asosida odamlar bilan 
ishlash, jamoani qovushtirish, oqilona ish va muomalani tashkil etish, o’z 
liderlik qobiliyatlarini muttasil oshirishga o’rgatish bo’yicha ijtimoiy-
psixologik treninglar uyushtirish; 
5. 
rahbarlarning 
malakasini 
oshirish 
kurslarida 
psixologlar 
ishtirokida maxsus mashg’ulotlar o’tkazish. 
Tadqiqotchining yuqoridagi masalalarni o’rganishi uchun tabiiy metodik 
vositalar zarur. Amaliy ijtimoiy psixolog oddiy kishidan shu tomonlari bilan 
farq qiladiki, u har bir konkret sharoitda o’ziga kerakli, ma’qul uslublarni 
qo’llaydi, ba’zi birlarini sinab ko’radi, agarda ular maqsadga muvofiq 
bo’lmasa, boshqasi bilan almashtiriladi. Olingan natijalarga asoslanib, u 
korxonalardagi ruhiy muhitni "yaxshi", “o’rtacha”, “yomon”, “qarama-qarshi” 
toifalarga bo’ladi va ularning har 6iridan o’ziga xos ilmiy-amaliy xulosalar 
chiqaradi. 
Bundan tashqari, bugun tadbirkorlik negizida tashkil etilayotgan ko’plab ishlab 
chiqarish korxonalari, firmalar, qo’shma korxonalar mavjudki, ularda mehnatni ilmiy 
asosda tashkil etish va samaradorlikning ruhiy mezonlarini topish muhim muammodir. 


126 
Chunki yangi korxonaning rahbari va mas’ul shaxslar ko’plab insonlar bilan muloqotga 
kirishish va ishlab chiqarish munosabatlarining murakkab shakllarini his etishga 
majburdirlar. Menejment va marketing sohasidagi har qanday izlanishlar va ularning 
tatbiqiy natijalari, so’zsiz jamiyatda ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining yuqori 
bo’lishini va inson manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi. G’arb mamlakatlarida 
bo’lgani kabi bu sohada talab va takliflarning o’z vaqtida o’rganilishi, rahbarlik 
mahoratining ko’plab qirralarini egallagan holda ishlab chiqarish jarayonini tashkil 
etish, har bir xodimning shaxsiy qobiliyatlariga differensial munosabatda bo’lish katta 
tatbiqiy ahamiyatga molik. 
Sanoat korxonalarida tashkil etiladigan psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik 
yo’nalishi, avvalo, turli toifadagi ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy va shaxsiy ziddiyatlarini 
bartaraf etishga o’rgatish, shaxslararo munosabatlarning demokratik, sog’lom 
shakllariga o’tish, rahbarlik mahorati sirlarini o’zlashtirish va ulardan kundalik 
faoliyatda oqilona foydalanish malakalarini shakllantirishdir. Bunda, shubhasiz, psixolog 
tomonidan tashkil etiladigan turli trening mashg’ulotlari muhim ahamiyatga ega. 
Tatbiqiy ijtmoiy psixologik izlanishlarning ikkinchi asosiy yo’nalishlaridan biri – 
bu nikoh va oiladir
Oila va nikoh hamma vaqt ham gumanitar fanlarni qiziqtirib kelgan, ayniqsa, 6u 
sohaning o’ziga xos ijtimoiy-psixologik tomonlari mavjud bo’lib, u oilani yaxlit bir 
ijgimoiy guruh sifatida talqin qilib, unda sodir bo’ladigan barcha ruhiy jarayonlarni 
o’rganadi. Respublikada oila va nikoh masalalariga e’tibor yuksakligini hisobga olib, 
ko’pchilik tadqiqotchilar o’z ilmiy izlanishlarini ana shu muammolarga bag’ishlaganlar 
(M.Mirhosilov, 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling