Sotsial psixologiya Darslik


Bob yuzasidan tayanch iboralar


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

 
Bob yuzasidan tayanch iboralar 
Amaliyot, boshqaruv psixologiyasi, oila va nikoh, ekspert, maslahatchi, 
o’rgatuvchi, maktab, ta’lim. 
 
Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 
1. 
Amaliyotda faoliyat ko’rsatayotgan psixolog qanday vazifalarni bajaradi? 
2. 
Tatbiqiy ijtmoiy psixologik izlanishlarning ikkinchi asosiy yo’nalishlariga 
nimalar kiradi? 
3. 
Maktab va ta’lim muassasalariga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish 
qaysi omillar orqali kechadi?
4. 
Psixolog ekspert sifatida nima vazifani bajaradi? 
5. 
Amaliyotchi psixolog maslahatchi sifatida nima ishlarni bajaradi. 
6. 
Amaliyotchi psixolog o’rgatuvchi sifatida nima vazifani bajaradi? 
7. 
“Oila – mahalla – maktab” konsepsiyasiga ta’rif bering? 
Bibliografiya 
1. 
David G. Myers. Social Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, 


132 
Michigan. – NY.: McGraw-Hill, 2010. – 609 p. 
2. 
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari 
bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 
2012. – 172 b. 
3. 
Майерс Д. Социальная психология. Интенсивный курс / Д. Маерс. – 4-е 
междунар. изд.. – СПб.: ПРАЙМ-ЕВРОЗНАК, 2007. – 510 с. 
4. 
Немов Р. С., Алтунина И. Р. Социалная психология: Краткий курс. – 
Спб.: Питер, 2009 – 208 с. 
 
 


133 
 

 
ETNOPSIXOLOGIYA 
 
 
 
 
 
10.1. Etnopsixologiya fanining 
o’rganish sohalari 
Millat va milliy taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan 
ko’plab masalalar, ularni tarkib toptiruvchi va 
rivojlantiruvchi omillar ijtimoiy va siyosiy 
hayotda muhim rol o’ynab kelgan va bundan 
keyin ham uzoq davrgacha o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Olimlarning 
ta’kidlashicha, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida 
turgan to’rt mingga yaqin millat, elat va turli xalqlar mavjud ekan, tabiiy, ular har 
birining o’z tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor. Ularni o’rganish 
millatlararo munosabatlarni yaxshi yo’lga qo’yish, o’zaro aloqalarni tashkil 
qilishda, turli iqtisodiy, madaniy aloqalarni har bir tomon uchun manfaatli tarzda 
o’rnatishda katta yordam beradi. Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar 
tizimida milliy masalalar va unda psixologik omillarning tutgan o’rniga yetarlicha 
e’tibor berilmay kelindi. Ayrim xollarda ushbu masalalarni o’rganish esa asossiz 
ravishda inkor yetildi. Ayrim tadqiqotchilar milliy xususiyatlar, etnopsixologiya 
masalalarini o’rganishga shubha bilan qarab, uni “millatchilik”, “shovinizm” ham 
deyishdan toymadilar. Bunda ular etnopsixologiya masalalarini o’rganish bir 
xalqni maqtab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchiliq millatchilikning 
kelib chiqishiga sabab bo’ldi, deb xavotirlanishdi. Bu xadiksirashda ma’lum asos 
ham bor edi. Chunki yaqin o’tmish buni isbotlashi mumkin. 
Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar o’z millatlarini xaddan 
tashqari ko’klarga ko’tarib yuborish, boshqa qo’shni xalqlardan ustun qo’yish 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling