Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
9.3. Maktab va ta’lim
muassasalariga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish Jamiyatimizda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarbligidan kelib chiqadigan yana bir tatbiqiy ijgimoiy psixologik yo’nalish – bu ta’limdada ko’rsatiladigan ijtimoiy-psixologik xizmatdir. Ma’lumki, shaxsning ijtimoiylashuvi (yoki sosializasiyasi) asosan maktab yillariga to’g’ri keladi. Shuning uchun maktab oldiga qo’yilgan asosiy vazifalardan biri bolaning kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratish, uning individual va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiyaning eng maqbul shakllarini joriy etishdir. Lekin hozirgi sharoitda maktab oldida ko’plab muammolar, hal qilinmagan masalalar mavjudki, ularning barchasi maktabga har taraflama yordamni taqozo etadi. O’zbekiston 129 Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ko’rsatmalariga asosan yoshlarning layoqatlarini ilk yoshdan aniqlash, ular iqtidorini har taraflama o’stirish vazifalari o’quvchiga individual yondashuvning zarurligini, o’qishning differensial bo’lishini talab qilmoqda, shunga ko’ra, maktab va jamoatchilik oldiga qator muammolar qo’yilmoqda. Testlar vositasida bilimlarni tekshirish, oliy o’quv yurtlariga va ta’limning barcha tarmoqlariga test sinovlari orqali qabulning amalga oshirilishi psixologik xizmat zaru-riyatini vujudga keltirmoqda. Ijtimoiy psixologiya davr talablaridan kelib chiqqan holda o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: a) yoshlar tarbiyasida ijtimoiy-psixologik muammolarni anglash; b) ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish va tatbiqiy xulosalar chiqarish; v) mavjud ziddiyatlarning oldini olish yo’llarini qidirish, yo’l-yo’riqlar tavsiya qilish kabilar. Bunda maktab psixologining roli katta bo’lib, u quyidagi ijtimoiy-psixologik vazifalarni bajarishga o’z faoliyatini yo’naltirishi kerak: 1. Maktabda tashkil etilgan psixologik xizmatning samarali yo’llarini qidirish, shart-sharoitlar va muhitni har tomonlama, to’liq o’rganib chiqishni har bir o’quvchining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda individual va guruhiy ishlash uslublarini aniqlash lozim. 2. Maktab psixologi o’quvchilar o’rtasida uchrab turadigan psixik rivojlanishdan kechikish hollarini to’liq o’rganishi, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni tahlil qilishi lozim. 3. Maktab psixologi turli yoshdagi o’quvchilarning qobiliyatlari, yo’nalishi, layoqatlari va kasbiy qiziqishlariga doir aniq ilmiy tahlillar, test natijalari asosida tuzilgan ma’lumotlar bankiga ega bo’lishi kerak. Bu ma’lumotlarga asoslanib, psixolog ularga alohida-alohida yondashish, ayrimlarga qo’shimcha darslar tashkil etish, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligida qobiliyatlarini o’stirish bilan bog’liq aniq ko’rsatmalar ishlab chiqishi lozim. 4. Maktab psixologi sinflardagi ruhiy holatlarni, o’zaro munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan psixologik muhitni aniqlashi, rasmiy va norasmiy liderlar o’rtasidagi munosabatlarni chuqur o’rganishi, maktab ma’muriyati va tarbiyaviy ishlar bo’yicha 130 direktor o’rinbosariga zarur yo’l-yo’riqlar tavsiya qilishi joiz. Bundan tashqari, maktab psixologi turli mojarolar, ziddiyatlar, tartibbuzarliklarning oldini olish, ularning psixologik ildizini o’rganish chora-tadbirlari bo’yicha maslahatlar tashkil etishi shart. Bunday psixologik maslahatlar ota-onalar va pedagoglar jamoasi uchun alohida tashkil qilinadi. 5. Amaliy psixolog faoliyatining yana bir tomoni turli masalalar bo’yicha o’qituvchilar jamoasiga psixologik yordam berishdir. Bunda u jamoadagi sog’lom muhitning asosi bo’lmish o’zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy- psixologik trening mashg’ulotlaridan samarali va o’z vaqtida muttasil foydalanishi, uzluksiz ravishda diagnostik sinovlar o’tkazib turishi, pedagogning kasbyy mahoratini va nutq qobiliyatini oshirishda ijtimoiy psixologiyaning barcha faol tayyorgarlik usullaridan foydalanishi va shu orqali pedagog-murabbiyning ijtimoiy- psixologik bilimdonligini oshirishi zarur. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, maktab psixologi o’z faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilashi mumkin. Ular diagnostik va tuzatish ishlari, psixoprofilaktik ishlar, psixologik konsultasiyalar, o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilarning psixologik savodxonligini ko’tarish; psixologiya metodlarini aniq sharoitlarga moslashtirish, ulardan samarali foydalanish, to’plangan ilmiy ma’lumotlarni izchil tarzda tahlil qilib borish; testlar tuzish, ularning sezgirligini ilmiy asoslash va har bir o’quvchi qobiliyatining qolaversa, o’qituvchilar bilimdonligini testlar yordamida muntazam tekshirish, ilmiy xulosalar va ko’rsatmalar tayyorlash kabilardan iboratdir. Respublikada maktabda psixologik xizmat ko’rsatish ishlarini takomillashtirish o’quvchilarni jamiyat oldida turgan ulkan va ulug’vor ishlarga tayyorlashda o’zining munosib hissasini qo’shadi va O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning bandlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga joriy etishda o’z o’rnini topadi . Psixologiya fani oldiga qo’yilgan talablarni qondirish uchun mamlakatimizda keng ko’lamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ularning 131 nitijalarini dadil amaliyotga tatbiq qilish, amaliyot bilan nazariya o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni hayotda qaror toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun O’zbekistonning deyarli barcha o’rta ta’lim maktablari va kasb- hunar kollejlari psixolog kadrlar bilan ta’minlangan. Ularning maktab doirasida bajaradigan ishlari juda ko’p. Shunga qaramay, ularning eng dolzarb vazifalaridan biri doimo o’quvchilarning oilasi, u yashab, istiqomat qilayotgan mahallasi bilan amaliy aloqalarni o’rnatishdir. Chunki psixolog o’sib kelayotgangan avlodning maktabdan tashqari vaqti nimalar bilan band bo’lishini bilmasa, u bilan aniq maqsadli psixokorreksion va rivojlantiruvchi tadbirlarni amalga oshira olmaydi. Maktabga psixologik yordamning to’g’ri yo’lga qo’yilishi “Oila – mahalla – maktab” konsepsiyasining samarali amalga oshirishi uchun muhim omildir. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling