Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

12.2. Asosiy etnopsixologik 
metodlar tavsifii 
Bizning 
nazarimizda, 
hozirgi 
paytda 
etnopsixologik muammolar orasida eng muhimi 

yoki 
bu 
millat 
vakillaridagi 
etnik 
stereotiplarni tadqiq qilishdir. 
Bunda qanday metodlardan foydalanish mumkin? Rus tadqiqotchisi 
G.U.Ksoyevaning yozishicha, bu yerda to’rt guruhli metodlarni ko’rsatish mumkin:
1. Shkalali o’lchov metodlari – ular asosan millat vakillaridagi turlicha etnik 
ustanovkalarni tekshiradi. Masalan, Bogardusning mashhur shkalasi: qiyosiy 
fikrlash yo’li bilan berilgan juftliklar – ustanovkalarni har bir tekshiriluvchi 
tomonidan aniq baholanishga asoslangan. Yoki Laykartning “baholashlar 
yig’indisi” metodi ham u yoki bu millat vakiliga xos ustanovka – fikrlarga 


153 
tekshiriluvchining e’tirozi yoki e’tirofini aniqlaydi. Bu metodlar butun jahon 
miqyosida 
ko’pgina tadqiqotlarda ishlatilgan va mahalliy sharoitlarga 
moslashtirish jihatidan rekord qo’ygan desak bo’ladi. 
2. Kuzatish va so’roq metodlari – bunda o’sha madaniy muhitga xos 
bo’lgan, uning bevsoita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, 
maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va hakazolar tashqaridan o’rganiladi. So’roq 
metodlari ichida ko’proq anketa usuli qo’llaniladi, bunda ham millat vakilining 
turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari aniqlanib, ilmiy xulosalar kontent-analiz 
qilinadi. Amerikalik olimlar Kats va Breylilar so’roq metodining o’ziga xos 
ko’rinishini etnik stereotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan, ular 
qiziqtirayotgan masala bo’yicha imkoni boricha ko’p javoblar ro’yoxatini 
tekshiriluvchiga berib, undan shu javoblar ichidan “o’zinikini” tanlab belgilashni 
so’rashgan. Bundan tashqari, 84 xil sifatni o’z ichiga olgan ro’yxatdan o’z 
millatiga va boshqa millatga xos bo’lgan 5 yetakchi sifatni ajratib berish 
topshirig’ini berishgan. Shu yo’l bilan etnik stereotiplar aniqlangan. 
3. Proyektiv metodlar – etnopsixologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan ushbu 
guruh metodlarga asosan Rorshaxning “siyoh dog’lari” testi, tematik appersepsion 
test (TAT), boshlangan jumlalarni tugatish testi, fotosuratlarni baholash testi, 
Lovenfeldning mozaikalari testi va boshqalar kiradi. Mavhum berilgan 
topshiriqlarni bajarish sifati va javoblarning yo’nalishi bo’yicha ham turli 
millatlarga oid stereotiplar o’rganilgan. 
4. Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, 
G.Deyker va N.Friydlarning milliy xarakter xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan 
testlari. Ular asosan shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksilarini o’rganadi. 
Bundan tashqari, shu guruh testlarga alohida intllektni tekshiruvchi, ma’naviy 
dunyoqarashni o’rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy did testlari va boshqa 
testlar kiradi. Ayniqsa, milliy stereotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha 
tilshunoslik uslublari bilan o’rganib chiqish ham juda qimmatli ma’lumotlar 
to’plash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vakilining o’zi mansub 
millatga xos milliy qadriyatlarni, stereotiplarni o’zlashtirishda asosiy vosita rolini 


154 
o’ynaydi. Shuning uchun ham etnopsixologik o’z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, 
etnolog, sotsiolog, tarixchilar hamkorligida o’tkaziladi. Tadqiqotchi avvalo 
tekshiruv o’tkazayotgan muhitdagi insonlar tilini, til orqali “dili”ni bilish 
qobiliyatiga ega bo’lishi zarur. Shuning uchun milliy xarakter, urf-odatlar, 
qadriyatlarni o’rganishni maqsad qilgan inson shu xalq va millatning tilini avvalo 
mukammal bilishi lozim.
Yuqorida aytib o’tilgan metodologik va metodik uslublar milliy 
psixologiyani o’rganishda faqat asosiylari xolos. Chunki millatning ko’p qirralari 
psixologik holatini o’rganishda yana ko’plab usullardan foydalanish mumkin, bu 
narsa tadqiqotning maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayyorgarlik 
darajasiga bog’liqdir. Nima bo’lganda ham oxirgi yillarda O’zbekistonda 
o’tkazilayotgan qator ilmiy-tadqiqot ishlarida eng avvalo, aynan milliy-madaniy 
muhitimizga mos keladigan metodikalarni ishlatish, xorijliklar ishlab chiqqan 
metodikalarni avval milliy muhitimizga moslashtirishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Bunda o’sha test yoki metodik uslub bir necha ming respondentlarda 
qo’llanib ko’riladi, olingan natijalar yana bir boshqa uslub yordamida olingan 
ma’lumotlar bilan ekspertlar yordamida validliligi nuqtai nazaridan o’rganiladi, 
natidalar solishtiriladi va shunday so’nggina katta auditoriyalarda qo’llash, 
natijalarni sharhlashga ruxsat beriladi. Bu ijtimoiy-psixologik metodikalarni 
qo’llashda etika normalariga rioya qilish, demakdir. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling